G‘ayrat, baqirib haybatingni tushirma
Baqirmasdan boshqarish, jim ta’sir o‘tkazish haqida
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriFilial oshxonasiga kirdim.
Dars boshlangan.
15–20 ta yuqori sinf o‘quvchisi hali ham o‘tiribdi.
“Nimaga hali ham darsga kirmadinglar?! Tezda hammang darsga!” — deb baqirdim.
Tahminan 2 daqiqada yig‘ishtirilib, darsga ketishdi.
Keyin, shu 2 daqiqa haqida o‘ylab qoldim.
Oldingi safarlar esa jim turib kuzatganman.
Bir daqiqaga yetmay hammasi tarqalib ketardi.
Shunda kitobda o‘qigan narsamni yashab tushundim.
Eng kuchsizlar eng ko‘p baqiradi
Baqirish ko‘pincha g‘azabdan keladi. G‘azab esa — biz istamagan narsa sodir bo‘lganda paydo bo‘ladi.
Shunda, ta’sir usuli kam odam ovozini ko‘taradi. Yoki kuch ishlatadi.
Qo‘pol o‘xshatish: it ham ta’sir qilish uchun akillaydi. Chunki boshqa usuli yo‘q.
Doim baqiraversang, odamlar ko‘nikib qoladi.
“Eng yomonida urishib berar-da”, deb yuraveradi.
Ovozing qadrsizlanadi.
Odam xatoni emas, sening jahlingni o‘ylaydi.
Fokus xatodan emotsiyaga ko‘chadi.
Oxiri esa bu seni kuchsiz, ilojsiz qilib ko‘rsatadi.
Albatta, g‘azablanish va ovoz ko‘tarish kerak bo‘ladigan joylar bor.
Ko‘pincha — qadriyat masalalarida.
Lekin aksar hollarda kuching baqirishda emas, xotirjamlikda.
Haqiqatan kuchli rahbarlar baqirish uyoqda tursin, kam gapiradi.
Mayda janjal va ig‘volar bilan kunini o‘tkazmaydi.
Ular tizimni tuzatish bilan band bo‘ladi.
Xullas, bir gap bilan aytganda:
Rahbar baqirib tartib qilmaydi. Jim tizim qiladi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…