Asosiy mazmunga o‘tish
AMALIY BOSHQARUV — 3-OQIM

Ishni xodimlarga topshirasiz. Lekin oxiri yana o‘zingizga qaytib keladimi?

12 ta jonli darsda Rahimov School’da bo‘lgan haqiqiy vaziyatlar asosida xodim tanlash, vazifa topshirish, nazorat qilish va qaror chiqarishni o‘rganasiz.

10–150 kishilik jamoani boshqarayotgan biznes egalari, direktorlar va bo‘lim rahbarlari uchun.

  • 19-dekabr — 31-yanvar
  • Toshkent, jonli darslar
  • 12 ta dars, 42 soat sof ta’lim

Abdulloh Shamsutdinov — Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori.

  • 67 nafar bitiruvchi
  • 4 filial, 400 ga yaqin xodimni boshqarish tajribasi
21 730 000 so‘m20-noyabrgacha 100% to‘lovda, keyin 24 730 000 so‘m· Bo‘lib to‘lash: 2 × 13 365 000 so‘m
Amaliy boshqaruv kursi 3.0

Rahbarlikda bir xil muammolar takrorlanyaptimi?

Vazifa topshirasiz, ammo ish bitmaydi.

Yoki muddat o‘tib ketadi, yoki natija siz kutgandek chiqmaydi. Oxirida yana o‘zingiz aralashasiz.

Xodimlar mustaqil qaror qilmaydi.

Oddiy masalalar ham sizga keladi. Kim qanday qaror chiqarishi mumkinligi aniq emas.

Bir xil xatolar qaytariladi.

Tushuntirasiz, ogohlantirasiz, ba’zan tanbeh berasiz. Ammo birozdan keyin muammo yana takrorlanadi.

Muammo har doim xodimda bo‘lavermaydi. Ba’zan vazifa qanday berilgani, mas’uliyat qanday taqsimlangani va ish qanday nazorat qilinayotganida bo‘ladi.

O‘rganganlaringizni ishda qo‘llasangiz, nima o‘zgaradi?

Vazifalar kamroq kechikadi

Xodim bilan natija, muddat va mas’uliyatni oldindan kelishasiz. Ish oxirida kutilmagan muammolar kamayadi.

Har bir ishni eslatib yurmaysiz

Ish qanday ketayotganini bilish uchun nazorat tartibini o‘rnatasiz. Hamma narsani o‘zingiz so‘rab yurishingiz shart bo‘lmaydi.

Bir xil xatolar kamroq takrorlanadi

Xodimga xatosini tushuntirishni, fidbek berishni va keyingi safar nima o‘zgarishini kelishishni o‘rganasiz.

Mayda qarorlar sizni kutib qolmaydi

Xodimlarga qaysi qarorlarni mustaqil chiqarish mumkinligini belgilaysiz. Hamma masala sizga kelavermaydi.

Darslar qanday o‘tadi?

Har darsda Rahimov School’da bo‘lgan haqiqiy vaziyatni tahlil qilamiz. Shunday holatda qanday qaror chiqarish kerakligini o‘rganasiz.

Keyin o‘z kompaniyangiz uchun boshqaruv tartibi yoki ishchi hujjat tayyorlaysiz. Darslar shanba va yakshanba kunlari bo‘ladi: hafta oxirida tayyorlagan hujjatlaringizni keyingi hafta ishda sinab ko‘rasiz.

  • Boshqaruvga kirish mavzusi
  • Jamoaviy, amaliy mashq jarayoni
  • Mehmon spiker - Aziz Rahimov

← Yon tomonga suring →

Bepul dars

Kursda qanday dars o‘tilishini o‘zingiz ko‘ring

  • To‘liq dars
  • 2 soatdan ortiq
  • Bepul

Bu avvalgi oqimning dars yozuvi. 3-oqimda ushbu mavzu yangilangan misollar va amaliy topshiriqlar bilan o‘tiladi.

Kurs dasturi va narxlarini ko‘rish

2025-yilda o‘tilgan «Amaliy boshqaruv 2.0» kursining «Fidbek berish» mavzusidagi to‘liq dars yozuvini bepul ko‘rishingiz mumkin.

Darsda xodimning xatosi haqida qanday gaplashish, unga qanday fikr bildirish va suhbatni qanday olib borish tushuntiriladi.

12 ta darsda nimalarni o‘rganamiz?

Darsni bosing — mavzusi va amaliy ishi ochiladi.

Kursni kim o‘tadi va bitiruvchilar nima deydi?

Abdulloh Shamsutdinov

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Rahimov School’da 4 ta filial va 400 ga yaqin xodim bor. Xodim tanlash, vazifa topshirish, qaror chiqarish va kelishmovchiliklarni hal qilish — uning kundalik ishi; darslarda shu ishdagi haqiqiy vaziyatlar tahlil qilinadi.

Bitiruvchilar nima deydi?

Jonli kurs avval ikki marta o‘tkazilgan: 67 nafar bitiruvchi (1-oqimda 30, 2-oqimda 37). Yana 100 dan ortiq rahbar video kursda o‘qigan.

  • Ishlar vaqtida bitmasdi. Ortiqcha, samarasiz majlislar.

    Kursdan oldin

    Kursdan avval jamoada dedlaynlar ko‘pincha surilib ketardi, fidbekni noto‘g‘ri berardim, kun jadvali esa keraksiz majlislarga otib ketardi. Eng achinarlisi, bularni noto‘g‘ri qilayotganimni bilmasdim ham.

    Kursdan keyin

    Kursdan keyin xatolarimni ko‘rdim va boshqaruvga to‘g‘ri qarashni o‘rgandim. Hozir jamoada sog‘lom muhit qurish ustida ishlayapman: vazifalar aniq dedlayn bilan qo‘yilyapti, fidbek aniq va kelajakka qaratilgan holda berilyapti, keraksiz majlislar kundalik jadvaldan olib tashlandi. Kursni 2 marta o‘qib chiqdim va har safar yangi narsa topdim.

    Hamidjon OdilovTruDispatch Logistika Kompaniya asoschisi, 70+ xodim
  • Majlislar tartibsiz, vazifa berishda qiyinchilik

    Kursdan oldin

    Majlislarni tartibsiz o‘tkazardik, vazifalarni berishda ham ko‘pincha dedlaynni ham o‘zimiz belgilardik

    Kursdan keyin

    Majlislarni oldindan e’lon qilib, tartib bilan o‘tkazishga, kamroq majlis qilishga o‘tdim. Xodimlarga vazifa berishda aniqroq va o‘zi bilan kelishib berishga o‘tildi, natijada natijalar yaxshilandi, dedlayndan o‘tib ketishlar kamaydi.

    Akbarjon BotiraliyevFoyda marketing asoschisi, 70+ xodim
  • Biznesimdagi muammolar yechildi

    Kursdan oldin

    Ko‘p treninglarda qatnashganman. Ayrimlaridagi misollar sun’iy tuyulardi, o‘z biznesimga tatbiq qilish qiyin edi. Maktabimizdagi ayrim boshqaruv muammolariga yechim topishim kerak edi.

    Kursdan keyin

    Haqiqiy maktablarda yuz bergan muammolar, qabul qilingan qarorlar va real raqamlar asosida o‘rgandim. Birinchi darsni 5–6 marta qayta ko‘rib, maktabimizdagi mavjud muammolarga yechim topdim.

    Dilshodbek HaydarovSaloyihat School maktablar tarmog‘i asoschisi, 150+ xodim

← Yon tomonga suring →

Video fikrlar

← Yon tomonga suring →

Jadval, manzil va narx

  • Boshlanishi19-dekabr, 2026-yil
  • Tugashi31-yanvar, 2027-yil
  • JoyToshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Rahimov School Lokomotiv filiali
  • FormatFaqat jonli, oflayn
  • Jami12 ta dars, 6 ta hafta oxiri. Har dars 4 soat, shundan 3,5 soati sof ta’lim — jami 42 soat.
  • Shanba15:00–19:00
  • Yakshanba10:00–14:00
  • 2–3-yanvarDars bo‘lmaydi

Ishtirokchilarga beriladi:

  • Darslar uchun ishchi daftar va shablonlar.
  • Har bir darsning video yozuvi.
  • Kurs ishtirokchilari uchun yopiq Telegram guruhi.
  • Kursdan keyin ham guruhda savol-javob — muddatsiz.

Erta narx 20-noyabr, soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti). Undan keyin standart narx.

To‘liq to‘lov

21 730 000so‘m

20-noyabrgacha 100% to‘lov qilsangiz.

21-noyabrdan — 24 730 000 so‘m.

Barcha 12 ta jonli dars va kurs materiallari kiradi.

Bo‘lib to‘lash

26 730 000so‘m

Ikki qismda:

  • 13 365 000 so‘m— 18-dekabrgacha.
  • 13 365 000 so‘m— 31-yanvarda, oxirgi darsdan oldin.

Jami to‘liq to‘lovdan 5 000 000 so‘m ko‘p. Chegirmalar bo‘lib to‘lashga tegishli emas.

Dastur va materiallar to‘liq to‘lov bilan bir xil.

Darsga kela olmasam?
Har bir dars yozib olinadi: qoldirgan darsingizni video orqali ko‘rasiz. Sertifikat uchun 12 darsdan kamida 9 tasiga jonli qatnashish kerak. Ketma-ket uch dars qoldirilsa, administrator siz bilan bog‘lanib, davom etish tartibini kelishadi.
Kurs kimlar uchun?
10–150 kishilik jamoani boshqaradigan biznes egalari, direktorlar va bo‘lim rahbarlari uchun. Hali hech kimni boshqarmayotgan bo‘lsangiz, kurs erta.

Joy qanday band qilinadi?

  • Ariza qoldirish joyni band qilmaydi.
  • To‘liq to‘lovda joy 100% to‘lovdan keyin, bo‘lib to‘lashda esa birinchi qism to‘langach band qilinadi.
  • Chegirmali narx uchun belgilangan muddatgacha 100% to‘lash kerak. Boshqa hollarda tegishli dastlabki to‘lov birinchi darsdan kamida 24 soat oldin amalga oshiriladi.

Qaytarish: 1-dars boshlanishidan kamida 24 soat oldin — 18-dekabr, soat 15:00 gacha — xabar bersangiz, qilingan to‘lov (to‘liq yoki birinchi qism) 100% qaytariladi. Undan keyin pul qaytarilmaydi.

Maxsus shartlar

Amaliy boshqaruv 2.0 bitiruvchilari va bir kompaniyadan kamida ikki rahbar qatnashadiganlar uchun 18-dekabr, 15:00 gacha to‘liq to‘lovda 21 730 000 so‘mlik narx saqlanadi.

Moslikni administrator tasdiqlaydi. Imtiyoz faqat to‘liq to‘lovga tegishli — bo‘lib to‘lashga emas.

Kompaniya hisobidan to‘lash uchun rahbaringiz yoki buxgalteriyaga 1 varaqlik PDF taklif yuboring. Hisob-fakturani administrator yuboradi.

Batafsil shartlar (3)

Chegirmalar bir-biriga qo‘shilmaydi. Bir nechta imtiyozga mos kelsangiz, siz uchun eng qulay amaldagi narx qo‘llanadi.

Korporativ ishtirokchilar (bir kompaniyadan kamida ikki rahbar)

  1. 1Ishtirokchilar bir kompaniyada ishlashi yoki bitta kompaniyaning egasi va rahbarlari bo‘lishi kerak.
  2. 2Kamida ikki ishtirokchi kursga qabul qilinib, har biri o‘z narxining 100 foizini 18-dekabr, 15:00 gacha to‘lashi kerak.
  3. 3Korporativ narx faqat to‘liq to‘lovga tegishli; bo‘lib to‘lashni tanlagan ishtirokchi standart narxni to‘laydi.
  4. 4Kompaniya yagona hisob-faktura orqali yoki ishtirokchilar alohida to‘lashi mumkin.
  5. 5Shart 18-dekabr, 15:00 gacha 100% to‘lov qilinganda amal qiladi; qisman yoki muddatdan keyingi to‘lovda standart narx qo‘llanadi.
  6. 6Bu narx boshqa chegirma bilan qo‘shilmaydi.
  7. 7Shart ikki kishi uchun amal qiladi: ishtirokchilardan biri kurs boshlanishidan oldin bekor qilsa, ikkinchisi uchun korporativ narx bekor bo‘ladi — u o‘ziga tegishli amaldagi narxni to‘laydi, farqi qo‘shimcha to‘lanadi. Bu shart to‘lovdan oldin qabul qilinadi; bekor qilingan joy bo‘yicha qaytarish qoidasi alohida qo‘llanadi.
  8. 8Moslikni administrator tasdiqlaydi: formada «bir kompaniyadan yana ishtirokchilar» belgisini qo‘ying yoki administratorga yozing.

Bitiruvchilar

«Amaliy boshqaruv 2.0» kursining jonli yoki video ishtirokchilariga to‘liq to‘lovda 18-dekabr, 15:00 gacha maxsus narx saqlanadi (bo‘lib to‘lashga tegishli emas). Amaliy boshqaruv 1.0 va boshqa kurslar bitiruvchilariga bu imtiyoz avtomatik berilmaydi.

Formada «Amaliy boshqaruv 2.0 kursida o‘qiganman» belgisini qo‘ying — telefoningiz bitiruvchilar bazasida bo‘lsa avtomatik tasdiqlanadi, bo‘lmasa administrator tekshiradi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Rahimov School usullarini boshqa biznesda qo‘llash mumkinmi?

Darslar Rahimov School’dagi haqiqiy vaziyatlarga asoslanadi. Lekin maqsad tayyor qarorlarni ko‘chirish emas.

Qaror qanday chiqarilganini, nega ishlaganini yoki ishlamaganini tushunasiz va o‘z kompaniyangizga moslashni o‘rganasiz. Oldingi oqimlarda logistika, marketing, ta’lim va boshqa sohalardan rahbarlar o‘qigan.

Darslarda o‘z biznesimdagi muammolarni muhokama qilsam bo‘ladimi?

Ha. Darsda ochiq gaplashamiz, savol berish — majburiy. Kurs boshlanishidan oldin qisqa so‘rovnomada kompaniyangiz va eng katta muammongizni yozasiz: darsdagi misollar shunga qarab tanlanadi.

Darsda aytilganlar dars ichida qoladi.

Kurs kimlarga mos kelmaydi?

Hali hech kimni boshqarmayotgan bo‘lsangiz, faqat motivatsiya olmoqchi bo‘lsangiz yoki o‘rganganingizni darslar orasida ishda sinab ko‘rishga imkoningiz bo‘lmasa — kurs sizga erta bo‘lishi mumkin.

Bo‘lib to‘lash qanday ishlaydi?

Kurs narxini ikki qismga bo‘lib to‘lash mumkin: birinchi qism 18-dekabr, 15:00 gacha (kurs boshlanishidan oldin), ikkinchi qism 31-yanvarda, oxirgi dars boshlanishidan oldin.

Bo‘lib to‘lashda chegirma yo‘q: erta narx ham, korporativ yoki bitiruvchi shartlari ham qo‘llanmaydi. Joy birinchi qism to‘langach band bo‘ladi; qolgan qismni muddatida to‘lash majburiyati oldindan qabul qilinadi. Dastur va materiallar to‘liq to‘lov bilan bir xil.

To‘lovni qaytarish mumkinmi?

Ha, agar 1-dars boshlanishidan kamida 24 soat oldin — 18-dekabr, soat 15:00 gacha — xabar bersangiz, qilingan to‘lov (to‘liq to‘lov yoki bo‘lib to‘lashning birinchi qismi) 100% qaytariladi. Undan keyin to‘lov qaytarilmaydi.

Boshqaruvni o‘rganish uchun yana bir yil xato qilish shart emas

Kursga yozilish

1 daqiqa: ism, telefon va biznesingiz haqida 2 ta qisqa savol.

Biznesingiz haqida

Lavozimingiz
Qo‘l ostingizda necha kishi ishlaydi?

Ariza qoldirish — to‘lov emas: joyni band qilmaydi va narxni kafolatlamaydi.

Tugmani bosish orqali ma’lumotlaringiz faqat kurs bo‘yicha siz bilan bog‘lanish uchun ishlatilishiga rozilik bildirasiz. Spam yubormaymiz.

  1. 1Ariza qoldirasiz
  2. 2Administrator bog‘lanadiKurs sizga to‘g‘ri kelishini aytadi, narx va to‘lov usulini kelishasiz.
  3. 3To‘lov — joy bandTo‘liq to‘lovda 100%, bo‘lib to‘lashda birinchi qism tasdiqlangach joy band bo‘ladi; guruh havolasi va jadval yuboriladi.

Savolingiz bormi?Telegram’da yozish

Tariflar

21 730 000 so‘mdan

Kursga yozilish