G‘ayrat, rahbarni diktator qilib qo‘yma
Qanday qilib xodimlar o‘z rahbarlarini adashtirishi haqida
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriRahbarlar birdan diktator bo‘lib qolmaydi. Ularni asta-sekin jamoa yasaydi.
Rahbar xato qilsa — o‘ziga yolg‘iz, asos bilan aytmaysan.
Noo‘rin gapirsa — indamasdan hafa bo‘lganingni ichingga yutasan.
Haqsiz dakki bersa — “xo‘p bo‘ladi” deb ketaverasan.
Rahbar esa buni boshqacha o‘qiydi:
“Demak, men doim haqman. Hamma rozi.”
Shu tariqa u chegarani bilmay qoladi.
Nima qilish kerak, deysanmi?
1. Avvalo, bu qiyin, hissiy suhbat bo‘lishini tan ol va o‘zingni bunga tayyorla.
2. Argumentlaring aniq, mantiqiy bo‘lsin. O‘zing qiynalsang, SI bilan maslahatlash.
3. Kechiktirma. Qancha cho‘zilsa, aytishing shuncha qiyinlashadi, u esa jiddiy olmasligi mumkin.
4. Kayfiyati yaxshi paytni topib, yolg‘iz gaplash. Birdan “ataka” qilma, lekin niyatingni ochiq bildir.
5. U qilgan ish yoki aytgan gap senga va kompaniyaga qanday zarar berganini aniq tushuntir.
6. Yoki xatosini o‘zi tushunib yetishi uchun ochiq savollar ber. Ko‘pincha shu usul samaraliroq. Faqat qadriyatini savolga tutma.
7. Hafa bo‘lgan bo‘lsang, bildirishdan qo‘rqma va uyalma. U ham inson, sen ham. Tushunadi.
8. Yakunda fidbek ber: endi nimani qanday qilish to‘g‘ri bo‘lishini ayt va kelishib ol.
9. Bu bir martalik ish emas, doim qilasan. Shunda, bora bora xatosi kamayadi. Seni ko‘proq his qiladi.
Unutma:
Rahbaring xatosini tuzatmasang, ko‘pincha hech kim tuzatmaydi.
Ayniqsa u mediada mashhur yoki obro‘li inson bo‘lsa, unga ochiq fidbek beradigan odamlar juda kam bo‘ladi.
Yana bir gap.
Rahbaring ustozing bo‘lsa ham, ishda uni “Ustoz” deb chaqirma.
Bu o‘zingga ham, unga ham psixologik to‘siq qo‘yadi.
Xullas, rahbarlar diktator bo‘lib tug‘ilmaydi.
Ularni ko‘pincha jamoaning
sukuti, qo‘rquvi va “xo‘p bo‘ladi”lari diktatorga aylantiradi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, o‘zingni qiynama
Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…
G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas
Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…