Asosiy mazmunga o‘tish
Fidbek berish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma

Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi:

— Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli o‘lik. Hafsalam pir bo‘lyapti.

— Masalaga aloqador odamlarning o‘zi bilan gaplashib ko‘rdingizmi?

— Yo‘q. Hammaga bittadan aytib chiqadigan bo‘lsam, guruhga yozishning nima keragi bor?

Deb qoldi. Unga qisqa tushuntirgandim, hozir senga ham shuni aytib beraman

G‘ayrat, sen yozgan muammoning ichida yuribsan. Boshqalar esa guruhdagi bitta xabaringni ko‘rgan, xolos.

Kimdir o‘ziga qanchalik aloqadorligini tushunmagan. Kimdir boshqasi javob beradi deb o‘ylagan. Yana kimdir unutgan.

Shuning uchun kimdan nima kutayotganingni ochiq, aniq aytishing kerak.

Masala murakkab, qiyinroq bo‘lsa, avval aloqador odamlar bilan shaxsan gaplash:

— Siz nima deb o‘ylaysiz?
— Shunday qilsak, siz tomondan qanday muammo chiqadi?

Deb, oldiga bor. Ko‘risholmasang qo‘ng‘iroq qil.

O‘zi aloqadorlar bilan gaplashsang, o‘zing ko‘rmagan muammoni ham eshitasan. Yechimni birga pishitasan.

Keyin guruhga:

“Falonchilar bilan gaplashdik. Shuni mana bunday yechishni taklif qilyapmiz. Boshqa fikr yoki e’tiroz bo‘lsa, bugun soat beshgacha yozinglar”,

deb qo‘y.

Asosli e’tiroz chiqsa, taklifingni o‘zgartir. Qaror qilingach, kim nima qilishi va muddatini yoz.

Har bir mayda ish uchun bittalab gaplashish shart emas. Oddiy masala guruhning o‘zida ham bitadi, albatta.

Menejerlar ham o‘ziga tegishli xabarga javob berishi kerak. Lekin ularning jimligi sening masalangni hal qilib bermaydi.

Xullas, masalani guruhga tashlab, kutib o‘tirma.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Fidbek berish

G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor

Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…

1 daqiqa
Fidbek berish

G‘ayrat, oqlama

Yangi ochilgan milliy taomlar restoranidan ovqat buyurtma qildim. Suyuq ovqatining suvi yaxshi qaynamagan ekan. Restoran menejeriga bog‘lanib, e’tirozimni…

1 daqiqa