Asosiy mazmunga o‘tish
Fidbek berish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani

Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi,

sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging kerak.

“Tashqari” deganda — yuqori rahbariyatdan kelgan e’tirozlar, boshqa bo‘limlar bosimi yoki biznesga oid tashqi muammolar kabilarni tushun.

Yaqinda filiallarimizdan biriga “qo‘shnilar” vakili bor jamoa yana kelishdi.

Masala jiddiy ekan, o‘zim gaplashishimga to‘g‘ri keldi.

Suhbatda jiddiy bosim bo‘ldi, qo‘rqitishga urinishdi. Bir necha bor gaplashib, oxiri janjalsiz, chiroyli yopdik.

Eng muhim joyi — bu stressni jamoaga tushirmadim. Na filial rahbarlariga, na boshqalarga.

Chunki bu ularning kayfiyatini tushiradi, ishiga ta’sir qiladi.

Shunday ekan,

Xodiming ustidan shikoyat tushsa — birdaniga, qanday bo‘lsa shunday tilda yetkazmaysan. Xodimga moslab, to‘g‘ri vaqtda berasan.

Muammo chiqsa — hammaga yoymaysan. Kerakli odamlar bilan ichkarida hal qilasan.

Risk bo‘lsa — vahima qilmaysan, vaziyatni yumshatib, bosiqlik bilan boshqarasan.

Qisqasi, sen “truba” emas, filtersan.

Filterni esa tozalab turmasa, o‘z vazifasini bajarolmay qoladi.

Kamina ham biroz ta’tilda edim, filterimni tozalashga)

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Fidbek berish

G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor

Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…

1 daqiqa
Fidbek berish

G‘ayrat, oqlama

Yangi ochilgan milliy taomlar restoranidan ovqat buyurtma qildim. Suyuq ovqatining suvi yaxshi qaynamagan ekan. Restoran menejeriga bog‘lanib, e’tirozimni…

1 daqiqa