G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBa’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan.
Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining boshida angladim.
Lekin gapini bo‘lmadim.
Taxminan 20–25 daqiqa davomida muammolarni va o‘zi topgan yechimni jon kuydirib tushuntirdi.
Suhbat yakunida harakatini maqtab, bu yechim bizga ham avval kelganini aytdik va ijroga kelishdik. U xursand bo‘ldi.
Ko‘p rahbarlar esa oxirigacha eshitish o‘rniga:
“Buni aytmoqchi bo‘lsangiz, mana bunday…” deb xodimning gapini bo‘ladi.
Ba’zida taxmin to‘g‘ri chiqadi va vaqt ham tejalgandek bo‘ladi.
Lekin bu xodimni ranjitadi.
Senga eshitish shart emasdir,
lekin unga gapirish zarur.
Eshitishni o‘rgan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, oqlama
Yangi ochilgan milliy taomlar restoranidan ovqat buyurtma qildim. Suyuq ovqatining suvi yaxshi qaynamagan ekan. Restoran menejeriga bog‘lanib, e’tirozimni…