Asosiy mazmunga o‘tish
Fidbek berish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, oqlama

Yangi ochilgan milliy taomlar restoranidan ovqat buyurtma qildim. Suyuq ovqatining suvi yaxshi qaynamagan ekan. Restoran menejeriga bog‘lanib, e’tirozimni…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Yangi ochilgan milliy taomlar restoranidan ovqat buyurtma qildim.

Suyuq ovqatining suvi yaxshi qaynamagan ekan.

Restoran menejeriga bog‘lanib, e’tirozimni tushuntirdim.

Og‘zidan chiqqan birinchi gap:

“Bo‘lishi mumkin emas.”

Yana biroz o‘zlarini oqlagandan keyin, vaziyatni tekshirib chiqishini aytdi va suhbatni yakunladi.

Lekin qayta bog‘lanishmadi.

O‘zim yana yozdim. Keyin operator qo‘ng‘iroq qildi.

Vaziyatni yana tushuntirdim — yondashuv o‘sha-o‘sha: o‘zini oqlash.

Eng yomoni — na menejer, na operator bir marta ham uzr so‘ramadi.

Tabiiy, yakunda yangi
rivojlanmoqchi brenddan voz kechdim.

Mijoz bo‘ladimi, xodim bo‘ladimi — shikoyat qilishi tabiiy.

Eng katta xato — vaziyatni tushunishga urinish o‘rniga darhol o‘zingni oqlash.

Shikoyat qilgan odam, eng avvalo, eshitilishni istaydi. Yechim undan keyin.

Agar yaxshi eshitsang — hatto muammoni darhol hal qila olmasang ham, u senga iliq munosabatda ketadi.

Chunki u, ich-ichidan, masalasiga e’tibor berilganini his qiladi.

Aksincha, suhbatni himoyalanish bilan boshlasang — “sen noto‘g‘risan” degan signal berasan.

Mijoz esa buni hurmatsizlik deb qabul qiladi. Va umidsizlanadi.

Yana bir muhim jihat: vaziyatni o‘rganmasdan turib xulosa qilish — odamni jiddiy ranjitadi.

⸻

Shuning uchun oddiy qoida:

Avval to‘liq eshit.
Noqulaylik uchun uzr so‘ra.
Vaziyatni aniqlash uchun vaqt ol.

Agar muammo bo‘lsa — to‘g‘irlab, xabar ber. Mijoz xursand bo‘ladi. Kompaniya o‘sadi.

Agar muammo tasdiqlanmasa ham — baribir yutqazmaysan:
“Bog‘landik, vaziyatni o‘rgandik, noqulaylik uchun uzr” — shu kifoya.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Fidbek berish

G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor

Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…

1 daqiqa