Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, bu ham boshqaruvning bir qismi

O‘zaro kelishgansan, yana kelishuvni buzishadi. Avval ham tushuntirgansan, yana xato qilishadi. G‘azablanasan, nima qilsa qilaversin, aralashmayman, deysan…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

O‘zaro kelishgansan, yana kelishuvni buzishadi.

Avval ham tushuntirgansan, yana xato qilishadi.

G‘azablanasan, nima qilsa qilaversin, aralashmayman, deysan o‘zingga.

Shunday qilsang xotirjamroq ishlayman, deb o‘ylaysan — adashasan.

Ichingda saqlab, o‘ziga aytmagan har bir gaping, masalang senga yuk bo‘ladi.

Yuk oz bo‘lsa ko‘tarolasan, yengil tuyuladi. Lekin, soni ko‘payishi bilan juda oz yuk ham og‘ir tuyula boshlaydi.

Xuddi, 250kg toshni ko‘tarayotgan sportchi singari, qo‘shimcha 5 kg ham tez bilinadi.

Endi avvallari sen e’tiborsiz qoldiradigan kamchiliklari, xarakteridagi unsurlar yaqqol ko‘rina boshlaydi, yoqmay qoladi.

Oldini olish uchun yelkangda to‘plama, tezda gaplash, masalani hal qil. Bo‘lmasa odamlarni yomon ko‘rib qolasan.

O‘zi gaplashsang u tomon ham atay qilmagani, esdan chiqib qolgani yoki biror jiddiy, asosli argumenti chiqib keladi.

Qiyinmi? Ha qiyin, biz jamoadoshlarimiz, Azizbek akam bilan salkam 4 yildan beri og‘ir suhbatlar qilamiz.

4 yil avval ham suhbatni boshlashdan avval qiyin bo‘lar edi, hozir ham noqulay. Gap boshlangandan keyin osonlashadi, doim.

Farqi, qiyin suhbatlar avvallari har 2-3 kunda bo‘lgan bo‘lsa, hozir oyda 1-2 marta bo‘ladi.

Va biz qiyin suhbatlarni boshqaruvning bir qismi, deb qabul qilib bo‘lganmiz. Va kechiktirmaymiz.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

1 daqiqa