Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi.

O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim.

Vaziyatni avval “xato qilgan” tomondan eshitdim. Gap tugadi deganda, narigi tomonning xatolarini sanashni boshladi.

To‘xtatdim.

— Hozir uning emas, sizning xatolaringizni gaplashamiz.

Odam boshqaning xatosini gapirganda, o‘smaydi.

O‘zining xatosini gapirganda esa, o‘sadi.

Tushuntirdim. Xatolarini ham tushundi.

Keyin ikkinchi tomon bilan ham xuddi shu suhbat bo‘ldi. Unda ham faqat o‘zining xatosini gaplashdik.

Boshqacha aytganda, ikkala odam bilan ham narigi tomonning birorta xatosi muhokama qilinmadi.

Natija yomon bo‘lmadi.

Har biri o‘z xatosini tushundi.

Ertasi kuni yana odatdagidek ishlab ketishdi.

Ko‘p rahbarlar shu yerda xato qiladi.

Ikki odamni o‘tqazib olib:
“Kim boshladi?”
“Kim haq?”
“Kim aybdor?”
deb kovlaydi.

Keyin esa ikkala tomonda ham himoyalanish boshlanadi.

Rahbar sudya emas.

Rahbarning vazifasi kim haq ekanini topish ham emas.

Har kimni o‘z xatosi va mas’uliyati bilan yuzlashtirish.

Shunda o‘sish bo‘ladi. Rahbar sifatida vazifang shu.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, kamroq aralash

Xodim xato qildi — tushuntirib berding. Yana xato qildi — yana tushuntirib berding. Keyin o‘zing qilib qo‘yding. U o‘rganmadi. Sen charchading. Shu odating…

1 daqiqa