G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriMaktablarimizda o‘quv yili yakunlandi.
200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz.
Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l ostidagi bir ustoz bilan xayrlashishga ikkilanib, maslahat so‘radi.
Savol berdim:
— Ustoz o‘quvchilarga fanni sevdira oldilarmi?
— Yo‘q. Hech kim qo‘shimcha to‘garak ochishni ham so‘ramadi.— O‘quvchilar ustozni yaxshi ko‘radimi?
— Yo‘q. Raqamlari past, mana.— Natija chiqara oldilarmi?
— Yo‘q.— Unda javob aniq ekan-ku. Nega ikkilanayapsiz?
— Ustoz ayol kishi. Intizomi ham yaxshi. Xafa bo‘lmasmikinlar, qanday his qilarkinlar, deb o‘ylayapman.
— Shu ustozga o‘z farzandingizni berarmidingiz?
— Yo‘q, bermasdim.
— Unda qanday qilib yuzlab ota-onaning farzandini shu ustozga ishonib topshirishga rozi bo‘lamiz?
— Rozi bo‘lolmaymiz.
— Unda bir kishining xafa bo‘lishini emas, ko‘pchilikning haqqini o‘ylang.
Suhbat shu yerda tugadi.
Xodimning ayol yoki erkakligi qaroringga ta’sir qilmasligi kerak. Layoqatga qara.
Intizom muhim. Lekin uning o‘zi yetmaydi. Natijaga qara.
Bizni sohada ustoz fanni sevdira olishi, o‘quvchi bilan aloqa qura olishi va natija chiqara olishi muhim.
Albatta, xayrlashish birinchi ishing emas.
Avval talab aniq aytiladi. Muammo ko‘rsatiladi. Yordam, imkoniyat va muddat beriladi.
Lekin shundan keyin ham natija bo‘lmasa, qarorni cho‘zish — mehribonlik emas.
Bu yuzlab o‘quvchi va ota-onaning haqqini bir kishining ko‘ngliga almashtirish bo‘ladi.
Rahbarning vazifasi hech kimni xafa qilmaslik emas.
Rahbarning vazifasi — insoniylikni saqlagan holda adolatli qaror qilish.
Ba’zida jamoa va kompaniya manfaatini himoya qilganingda, xodiming sendan xafa bo‘ladi.
Ba’zan rahbaring ham.
Mayli.
Vaqt o‘tib tushunishadi. Yoki, hafa qilmasdan tushuntirishni o‘rganasan.
Yoki xatoyingni tushunasan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…
G‘ayrat, kamroq aralash
Xodim xato qildi — tushuntirib berding. Yana xato qildi — yana tushuntirib berding. Keyin o‘zing qilib qo‘yding. U o‘rganmadi. Sen charchading. Shu odating…