Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, kamroq aralash

Xodim xato qildi — tushuntirib berding. Yana xato qildi — yana tushuntirib berding. Keyin o‘zing qilib qo‘yding. U o‘rganmadi. Sen charchading. Shu odating…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Xodim xato qildi — tushuntirib berding.

Yana xato qildi — yana tushuntirib berding.

Keyin o‘zing qilib qo‘yding.
U o‘rganmadi. Sen charchading.

Shu odating sabab, xodim endi sensiz qaror qilolmaydi.

Qilolmasa — har narsani senga olib keladi.

Olib kelsa — sen yana o‘zing hal qilasan.

Doira yopildi. Doim shunday bo‘laveradi.

Bir kuni “O‘zinglar ham qilsalaring bo‘lmaydimi?” deb qolasan.

O‘sha paytda esla — kim o‘rgatdi ularga shunday qilishni?

Shuning uchun sendan kuchli odam ham yoningda ko‘p ishlamaydi.

Chunki u o‘sishga joy topolmaydi — sen hamma narsani o‘zing qilasan.

Tajribali rahbar kam aralashadi.

Ko‘p aralashayotgan bo‘lsang — hali o‘sish kerak.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

1 daqiqa