Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib:

“Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.

Bo‘lishi mumkin.

Vazifani aniq bergan bo‘lsang, nima uchun qilinayotganini tushuntirgan bo‘lsang, ishini biladigan odamga har qadamda aralashishing shart emas.

Ba’zilar rahbarining oldida xato qilishdan qo‘rqadi. Yangicha usullarni sinamaydi. Har narsani so‘raydi. “Baribir kelib o‘zgartiradi”, deb o‘z fikrini ham aytmay qo‘yadi.

Sen yo‘q bo‘lsang esa majbur bo‘lib o‘zi qaror qiladi. Ishni bo‘yniga oladi. O‘zini ko‘rsatishga urinadi.

Ayniqsa ishini biladigan odamga nima natija kerakligini ayt. Nimani o‘zi hal qilishi mumkinligini kelishib ol. Natijani qachon ko‘rishingni ayt.

Keyin ishlashiga qo‘y.

Har kuni yoniga borib, bugun bir fikr, ertaga boshqasini aytib, ishini buzma.

Albatta, jamoa ikki hafta sensiz tez ishlagani sen keraksiz degani emas.

Lekin o‘ylab ko‘r:

Qayerda seni kutib ish to‘xtab qolyapti?

Qayerda sendan qo‘rqib, yangicha yo‘lni sinashmayapti?

Qayerda bugun bir, ertaga boshqa gapirib, ishni qayta qildiryapsan?

Hamma bilan bir xil ishlamaysan.

Biriga yordaming kerak.

Ba’zilariga esa xalal bermasang bo‘ldi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, kamroq aralash

Xodim xato qildi — tushuntirib berding. Yana xato qildi — yana tushuntirib berding. Keyin o‘zing qilib qo‘yding. U o‘rganmadi. Sen charchading. Shu odating…

1 daqiqa