G‘ayrat, ishonmasang gap-so‘z foyda bermaydi.
Masalan, senga ishonsam, sen aytadigan gaplarga shubha qilmayman, rostligini tekshirmayman. Chunki, bunda sen bir ish qilsang ham, qilmasang ham faqat…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriMasalan, senga ishonsam, sen aytadigan gaplarga shubha qilmayman, rostligini tekshirmayman.
Chunki, bunda sen bir ish qilsang ham, qilmasang ham faqat foydamizni o‘ylaysan, deb bilaman.
Endi, senga ishonmasam, soatlab tushuntirsang ham ikkilanaveraman, bergan ma’lumotlaringni tekshirmasdan qabul qilmayman.
Biror ishni eplolmaganingda sabablaring bahona bo‘lib tuyuladi, xotirjam bir ishni senga topshirolmayman, doim hadikda turaman.
Ishga e’tiroz bildirasanmi, yaxshi taklif aytasanmi hayolimga avvalo "nimani berkityapti ekan” yoki “nimani ko‘pirtiryapti bu bola”, degan fikr kelaveradi.
Ishonganimda hech biri kelmas edi.
O‘tgan oy xodimalarimizdan biri menejerlarimizdan biriga kompaniyadagi ma’lum bir o‘zgarishdan o‘zi va ko‘pchilik norozi ekanligini bildiribdi.
Menejerimizdan so‘radim, "Bu kishidan boshqa yana biror kim ayni e’tiroz bilan keldimi?" Javob "Yo‘q".
"Ko‘pchilik kim ekan?", deb so‘rasam, xodima o‘zining doimiy 2-3 suhbatdoshlarini ismlarini aytgan bo‘lib chiqdi.
“Jamoadoshning ishonchliligi qanday? Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, ishga kirishdan boshlab bugungacha bir necha marta faqat o‘zinigina o‘ylab qilgan ishlari bor, edi, to‘g‘rimi?" deb tasdiqladim.
Suhbat bir muddat davom etdi. Yakunda, boshqa jamoadoshlar fikrlarini ham o‘rganishga va kelasi safarga ko‘proq va ishonchli insonlar tasdiqlagan e’tirozlarnigina jiddiy ko‘rib chiqishga kelishdik.
Ko‘rdingmi, ishonchdan chiqqan inson e’tirozi ham jiddiy olinmaydi, shubha bilan qaraladi, chunki endi istasang ham unga nisbatan xolis bo‘lolmaysan.
Ishonchdan chiqma, chiqqanlar jamoada uzoq qolmaydi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…