Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror2 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, qo‘rqoqmisan?

Har gal qiyin, lekin to‘g‘ri qaror berganingda o‘zingga ishonching ortaveradi. Har gal oson, lekin xato qaror berganingda qo‘rqoqlashib boraverasan. Tanlov…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Har gal qiyin, lekin to‘g‘ri qaror berganingda o‘zingga ishonching ortaveradi.

Har gal oson, lekin xato qaror berganingda qo‘rqoqlashib boraverasan.

Tanlov seniki, yakunda yoki kuchli bir kompaniya / jamoa qurasan yoki zaif ishxona bo‘lib qolaverasan to yopilguningcha. U ham ko‘p vaqt olmaydi.

Oktabr oyida yozda kelasi bir yil uchun oyligini kelishgan bir ustoz jamoadoshimiz oyligini oshirmasak ketishi haqida menejeriga "yumshoq" talab qo‘yibdi.

O‘sha vaqtda biz xizmat va ta’til safari bilan Turkiyada edik, vaziyatni eshitib "Hech bir shaklda oshmaydi, badali nima bo‘lsa bo‘lsin, to‘laymiz, kerak bo‘lsa o‘zim o‘rniga ishlab turaman" deb jamoaga

boshqaruv qarzi

tushunchasini eslatdim.

Bu gapni telefonda aytib bo‘lmas edi, shu sabab masalani safardan qaytganda HR bilan batafsil muhokama qilishlariga kelishdik va o‘ziga buni bildirdik.

Safardan qaytganda avval HR suhbat qildi va qat’iy qarorimizni bildirdi. Undan norozi bo‘lib CEO‘ga kirgan edi, u kishi ham ayni javobni berdilar (avvaldan kelishib olgan edik).

Yakunda, o‘sha jamoadoshimiz o‘z haddini bildi va ishlashni qayta davom etib kelyapti.

Ayni shu talab bilan uning atrofidagi yana 4-5 kishi kutayotgan edi, ular ham javobimizni u orqali bilishdi va hammasi eski holiga - kelishuvimizga qaytdi.

Agar o‘sha vaqtda qo‘rqib, oyligini oshirganimizda shu usul orqali oylik oshirish, masalani hal qilish mumkin, degan signalni hammaga bergan bo‘lar edik.

Bu esa kompaniyada "xaos" keltirib chiqar edi, odamlar ishiga, samaradorligiga ko‘ra emas, gapdonligiga ko‘ra qadrlanadigan bir muhitni paydo qilardik.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Majlis va qaror

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

1 daqiqa