Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror1 daqiqa o‘qish1 marta o‘qilgan

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi.

Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.

Bilib yoki bilmay, suhbatni shunday boshladi:
“Men kattaman, sen kichiksan.”

Tabiiyki, bu holat suhbatga ham, natijaga ham ta’sir qildi.

Rahbarlik kreslosi xodimga shunday signal beradi:
“Gapiraver, lekin oxiri baribir men aytganim bo‘ladi.”

Shuning uchun men deyarli barcha uchrashuvlarimni teng stullarda o‘tkazaman.
Shunda odam kamroq bosim his qiladi.

Bosim kam bo‘lsa — fikr ochiladi.
Yechimlar yaxshilanadi.
Odam hatto noqulay fikrini ham bemalol ayta oladi.

Ba’zan muhokama cho‘zilib ketsa, kresloga o‘tirishga to‘g‘ri keladi.
Lekin bu — istisno, odat emas.

Shuning uchun rahbarlik kreslosiga o‘rganma.
Lavoziming bilan emas, aqling bilan ta’sir o‘tkazishni o‘rgan.

Buni ko‘pchilik rahbarlar eplolmaydi.
Lekin aynan shu — kuchli va mustaqil jamoa qurishning kalitlaridan biri.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida