G‘ayrat, muammoga yechim kelmasa shunchaki biroz chalg‘ish kerak
Odatda, muhokama majlislarining aksar qismini tik oyoqda o‘tkaman. Masalaga yechim kelmay qolsa, xona ichida yurishni boshlayman, yaxshiroq g‘oya keladi. Shunda…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriOdatda, muhokama majlislarining aksar qismini tik oyoqda o‘tkaman.
Masalaga yechim kelmay qolsa, xona ichida yurishni boshlayman, yaxshiroq g‘oya keladi.
Shunda ham yecholmaydigan bo‘lsak, keyinga qoldirib, boshqa mavzuga o‘taman.
Yechilmagan masalalar majlisdan keyin ko‘chada yurishda yoki bitta uxlab turish orqali hal bo‘ladi.
Tavsiyam shu, xonangda o‘tiraverma. Yur, yugur, cho‘mil, juda bo‘lmasa uxla.
Lekin, nima qilsang ham reelslar yoki shorts ko‘rma. Miyani muhim ishlarni o‘ylashiga qo‘y.
Fanga ko‘ra, aql sen ishlamayotganingda ham ishlayveradi.
Ishlat.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir
Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…
G‘ayrat, yaxshi yechim kerak bo‘lsa — eng oxirida gapir.
Muammo yechish uchun xodimlarni to‘pladingmi yoki masalani guruhga tashladingmi — rahbar sifatida avval o‘zing gapirma. Boshqalarni birma-bir eshit. Chunki sen…
G‘ayrat, majlis ham o‘z-o‘zidan zo‘r bo‘lmaydi. Uni boshqarish kerak
Rahbari yo‘q yoki boshqarilmagan majlisni esla. Odatda manzara bir xil: • gap ko‘p, natija yo‘q • bir-ikki odam gapiradi, qolganlar jim • mavzu tez-tez…