Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, yaxshi yechim kerak bo‘lsa — eng oxirida gapir.

Muammo yechish uchun xodimlarni to‘pladingmi yoki masalani guruhga tashladingmi — rahbar sifatida avval o‘zing gapirma. Boshqalarni birma-bir eshit. Chunki sen…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muammo yechish uchun xodimlarni to‘pladingmi yoki masalani guruhga tashladingmi — rahbar sifatida avval o‘zing gapirma. Boshqalarni birma-bir eshit.

Chunki sen boshida fikringni aytsang, ulardan boshqacha yondashuv chiqish ehtimolini keskin pasaytirasan.

Bir majlisda rahbarlardan biri kirib kelib, muammoni ham, o‘z yechimini ham hayajon bilan boshidan aytib berdi. Shunda hazil aralash: “Ana bo‘ldi, majlis tugadi”, deb xatoni hazil bahona ko‘rsatgan edim.

Endi eshitishni boshladingmi — kimning fikri yoqdi, kimniki yoqmadi — buni na tiling, na badan tiling bilan bildirma. Shunchaki tushunishga harakat qil. Savol ber — lekin baholama.

Shunda keyingi gapiradigan odam sening munosabatingni oldindan sezmaydi, ta’sirlanmaydi va fikrini ochiqroq aytadi.

Hammani eshitib bo‘ldingmi — endi qaror qil. Hatto tanlagan yechiming avvaldan o‘zingda ham bo‘lgan bo‘lsa, “Men ham shunday o‘ylagandim” dema.

“Falonchining fikri eng mantiqli — shuni olamiz”, desang bo‘ladi.

Shunda fikr egasi o‘zini muhim va hissador his qiladi. G‘oya ijrosiga ham ko‘proq mas’uliyat oladi.

Natijada — yaxshiroq yechimlar, kuchliroq ijro va yaxshiroq natijaga borasan.

Kuchli kadrlarni olib, ularni to‘g‘ri ishlatish usullaridan biri ham shu.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Majlis va qaror

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

1 daqiqa