G‘ayrat, majlis ham o‘z-o‘zidan zo‘r bo‘lmaydi. Uni boshqarish kerak
Rahbari yo‘q yoki boshqarilmagan majlisni esla. Odatda manzara bir xil: • gap ko‘p, natija yo‘q • bir-ikki odam gapiradi, qolganlar jim • mavzu tez-tez…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriRahbari yo‘q yoki boshqarilmagan majlisni esla. Odatda manzara bir xil:
• gap ko‘p, natija yo‘q
• bir-ikki odam gapiradi, qolganlar jim
• mavzu tez-tez chalg‘iydi
• bir-birining gapini bo‘lish odat
• bahs shaxsiyatga o‘tadi
• bitta masala yopilmay turib, boshqasiga sakraladi
• vazifa yoki qaror chiqmaydi
• chiqsa ham: mas’ul yo‘q, muddat yo‘q
• majlis kech boshlanadi
• kech tugaydi
Natija?
Majlisdan chiqib: “Vaqtim isrof bo‘ldi” deysan.
Bu — majlisda moderator yo‘qligi yoki zaifligidan.
⸻
Yaxshi moderator majlisni:
• majlisni vaqtida boshlaydi
• masalani aniq ochib beradi
• hammani gapirtiradi, lekin hech kimni cho‘zdirib yubormaydi
• aloqasiz gaplarni to‘xtatadi
• bir-birining gapini bo‘ldirmaydi
• bitta mavzuni yopmasdan boshqasiga o‘tmaydi
• shaxsga emas, fikrga baho beradi
• majlisdan kamida bitta qaror yoki vazifa chiqaradi
• mas’ul va muddatni aniq belgilaydi
• xulosani yozadi (yoki yozdiradi) va tarqatadi
• majlisni vaqtida tugatadi
⸻
Xullas:
Yaxshi moderator — vaqtni tejaydi, munosabatni buzmaydi, natija chiqaradi.
Majlisni quruq “suhbat” emas, ish quroliga aylantiradi.
Odatda rahbarning o‘zi moderator bo‘ladi.
Agar bunga hali saviya yoki intizom yetmasa — majlisni boshqarishni bunga loyiq odamga topshirishi kerak.
Faqat o‘zini emas, natijani hurmat qiladigan rahbar shunday qiladi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir
Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…
G‘ayrat, yaxshi yechim kerak bo‘lsa — eng oxirida gapir.
Muammo yechish uchun xodimlarni to‘pladingmi yoki masalani guruhga tashladingmi — rahbar sifatida avval o‘zing gapirma. Boshqalarni birma-bir eshit. Chunki sen…
G‘ayrat, muammoga yechim kelmasa shunchaki biroz chalg‘ish kerak
Odatda, muhokama majlislarining aksar qismini tik oyoqda o‘tkaman. Masalaga yechim kelmay qolsa, xona ichida yurishni boshlayman, yaxshiroq g‘oya keladi. Shunda…