Asosiy mazmunga o‘tish
Biznes va mijoz1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, soxtalikni yig‘ishtir

Biror kompaniya aloqa markaziga bog‘langanimda suhbatdoshim "Hurmatli mijoz" deb gapirishni boshlashi bilan ko‘nglim sovishni boshlaydi. Baraka topgur, xizmat…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Biror kompaniya aloqa markaziga bog‘langanimda suhbatdoshim "Hurmatli mijoz" deb gapirishni boshlashi bilan ko‘nglim sovishni boshlaydi.

Baraka topgur, xizmat ko‘rsatasanmi, mahsulot sotasanmi, samimiy bo‘lgin, onangga "Hurmatli ona", deb gapirmaysan-ku.

O‘zingga ham "Hurmatli operator" deb gapirsam yoqmaydi. Isming bor, chiroyligina.

Maftuna opa, degin, Alisher aka degan, odamlar ismini aytib chaqirgan insonlarni ko‘proq hurmat qiladi.

Biz operatorlarimizga ota-onalarimiz bilan gaplashishda skript yodlatmaymiz, o‘rniga maktabni yaxshi tushuntiramiz va tushunganingnigina ayt, deymiz.

Bilmaydigan savoli chiqib qolsa javob bermagin, bilmasligingni aytishdan hijolat bo‘lma, sharti bilib aytib yuborishingni yoki biladigan biriga bog‘lab berishini tayinlaymiz.

Keyin, sotishga urinma, mahsuloting, xizmating suhbatdoshing og‘rig‘iga haqiqatda yechim bo‘lsagina taklif qil, bizda yo‘q bo‘lsa, borlarni tavsiya qil, deb o‘rgatamiz.

Chunki, mijozlar faqat xizmat / mahsulot sotib olmaydi, sendan munosabat ham sotib oladi.

Unga kerak emas narsani sotishga urinsang yaxshi munosabat qurolmaysan. Munosabat yo‘q bo‘lsa, savdo ham yo‘q, bo‘lsa ham vaqtinchalik.

Aksincha, sen unga inson sifatida ma’qul kelsang, sotishing oson va doimiy bo‘ladi. Boshqalarga shunda tavsiya qilishadi.

Xullas, robot emas, odam bo‘lib gaplash.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Biznes va mijoz

G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan

Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…

2 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas

Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…

3 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma

Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…

3 daqiqa