Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, javob bermasang o‘qima

Telegramdan senga xabar keldi, ochasan, javobing yo‘q masala. Javob bermasang yozuvchi seni noto‘g‘ri tushunishi mumkin. Masalan, "Mensimayapti", yoki "jiddiy…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Telegramdan senga xabar keldi, ochasan, javobing yo‘q masala.

Javob bermasang yozuvchi seni noto‘g‘ri tushunishi mumkin.

Masalan, "Mensimayapti", yoki "jiddiy olmadi”, deb biladi.

Ayniqsa, keyinroq ham javob berish esingdan chiqib qolgan bo‘lsa.

Agar javob kutayotgan xodiming bo‘lsa, tezroq javob berish ikki karra muhim bo‘ladi.

Chunki, xodimlar aksar holatda sendan qaror kutishadi. Qarorga qarab esa ish qilishadi.

Demak, har 10 /30 / 60 daqiqada Telegramga kirish ham vazifalaringdan biri.

Soatlab yo‘q bo‘lib ketolmaysan, ish to‘xtab qolishi mumkin.

Sharti, Telegramda ortiqcha birorta kanal bo‘lmasin. O‘zimda ham kuzatadigan 2 tadan ortiq kanal yo‘q.

Ayniqsa, yangiliklar kanallarini umuman o‘qima. Eshitishing kerak yangilikni baribir eshitasan, aytishadi.

Shortslarni esa arxiv qilib tashla. Boshqalarni tarmoqdagi hayotini kuzatish seni xafa qilish yoki vaqtingni olishdan boshqa narsaga yaramaydi.


Qo‘shimcha

O‘qib qo‘yding, javobing yo‘q:

“O‘ylab kechgacha / ertagacha / mana bu soatgacha” aytib yuborsam bo‘ladimi? deb qo‘y.

Seni ishing noma’lumlikni ma’lum qilish. Noma’lumlik berish emas.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Majlis va qaror

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

1 daqiqa