Ahror aka, qo‘rqitib qo‘ymang
Siz katta jamoa menejerisiz. Ba’zan qo‘l ostingizdagilar shikoyat qilib sizdan tepaga chiqishlari mumkin. Rahbariyat holatni tushunish uchun sizdan ham ma’lumot…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriSiz katta jamoa menejerisiz. Ba’zan qo‘l ostingizdagilar shikoyat qilib sizdan tepaga chiqishlari mumkin.
Rahbariyat holatni tushunish uchun sizdan ham ma’lumot so‘raydi. Agar shikoyat o‘rinli bo‘lsa, xatoyingizni ko‘rsatib, yaxshiroq yechim taklif qilishadi.
Agar holat shikoyatdagidan farqli bo‘lsa, bunday tushunmovchiliklarni oldini olish yo‘llarini o‘rgatishlari kerak.
Chunki xodimlar har doim menejerning nima va nega qilayotganini tushunavermaydi, ba’zan noto‘g‘ri xulosaga kelishadi.
Bu tabiiy jarayon. Buni o‘zingiz va kompaniya uchun o‘sish imkoniyati deb qabul qilishga o‘rganing.
Lekin muhim nuqta bor — e’tirozni eshitganingizni na shikoyat qilgan odamga, na uni yetkazganga bildirmang.
Aksincha, sukut saqlab, o‘zgarishga harakat qiling. “Nega menga aytmadingiz?” demang. Shunda vaqt o‘tib, odamlar o‘zlari sizga fikrlarini ochiq aytishni boshlaydi.
Agar aksincha, shikoyat qilgan odamga e’tirozingizni bildirsangiz, ular sizdan qo‘rqib qoladi.
Natijada, sizga fikr bildirishmaydi, muhim ma’lumotlar sizgacha yetib kelmaydi, va xatolaringiz yomon qabul qilinadigan bo‘ladi.
Oxir-oqibat, sizni ishdan ketkazishga harakat qilishadi. Va bu sizning xatoyingiz bo‘ladi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…