G‘ayrat, xodimlarni yaqin olish boshqarishni qiyinlashtiradimi, deb so‘rabsan
Talab qilishda ularni xafa qilishdan qo‘rqsang, ha qiyinlashtiradi. Qo‘rqmasang, osonlashtiradi, chunki ochiq, tez-tez e’tirozingni aytolasan. Man eng ko‘p…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriTalab qilishda ularni xafa qilishdan qo‘rqsang, ha qiyinlashtiradi.
Qo‘rqmasang, osonlashtiradi, chunki ochiq, tez-tez e’tirozingni aytolasan.
Man eng ko‘p e’tiroz bildiradigan, eng qattiq talab qiladigan jamoadoshlarim eng yaqin kishilarim.
Ular ham yaqinligimiz sabab, o‘rinsiz talab yoki biror e’tiroz bildirgan bo‘lsam, tezda aytisholadi.
Xafa bo‘lishlari mumkinmi? Ha, albatta. Lekin, uzoqqa bormaydi, ko‘pi bilan 2-3 kunda aytishadi, yana kelishib ketaveramiz.
Lekin, yaqin bo‘lmasang uni ham bilmaysan, yoki juda kech eshitasan, boshqalardan.
Bu usulda esa sodiq jamoa qurolmaysan,
Odamlar tez ketadigan karvonsaroyga aylanasan, qolasan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…