Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, majlisdan eng kami vazifa chiqsin.

Ideal holatda majlisdan qarorlar chiqadi. Ba’zan qarorga yetarlicha ma’lumot bo‘lmaydi, ba’zan esa “dux” yetmaydi. Shunaqa paytlarda hech bo‘lmasa ma’lumot…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ideal holatda majlisdan qarorlar chiqadi. Ba’zan qarorga yetarlicha ma’lumot bo‘lmaydi, ba’zan esa “dux” yetmaydi.

Shunaqa paytlarda hech bo‘lmasa ma’lumot to‘plash uchun vazifa chiqarishing kerak.

Vazifa ham chiqmagan majlis – isrof bo‘lgan vaqt!

1x1 suhbatlar ham majlis. Ularga ham e’tiborli bo‘l. Bo‘lmasa, kuningning 70 foizi quruq gap bilan o‘tib ketadi.

O‘zingga savol ber:
• Bugun nechta vazifa qo‘shdim?
• Nechta vazifa oldim?
• Nechta vazifa tamomlatdim?

Shu raqamlarni o‘stir. O‘zing o‘sasan, kompaniya o‘sadi, yakunda oyliging ham oshadi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Majlis va qaror

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

1 daqiqa