G‘ayrat, ambitsiyasi yo‘q odamni ko‘tarma
Boshqaruvda bizni "Kimni ko‘tarsak ekan" degan savol doim qiynaydi. Filial ochyapmiz, kimni direktor qilamiz? Savdo bo‘limiga yangi rahbar kerak, kim eploladi?…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBoshqaruvda bizni "Kimni ko‘tarsak ekan" degan savol doim qiynaydi.
Filial ochyapmiz, kimni direktor qilamiz? Savdo bo‘limiga yangi rahbar kerak, kim eploladi?
Tashqaridan ko‘ra ichkaridan nomzod topish va ko‘tarish ancha samarali usul.
U seni va kompaniyani qanday ishlashini biladi, jamoaga oson moslashadi, qabul qilinadi.
Tanishlarimiz va o‘zimizning tajribamizda bu borada bir necha xato o‘tgan:
Yaxshi bir o‘qituvchiga 6-7 nafar tarbiyachilarni boshqarishni taklif qilgandik, istar-istamay qabul qildilar.
Keyingi ikki oy ichida eng kamida 4-5 marta eski ishiga - ustozlikka to‘liq qaytishni so‘radilar.
Vaholanki, u kishiga har kuni boshqarishni o‘rgatar edik, motivatsiya berardik. Xatolarimiz ham bo‘lgan, bu haqida keyinroq.
Bir kuni "Abdulloh, ertalab uyg‘onib ishga borgim kelmay qolyapti, to‘yib ketdim" dedilar.
Shunda kitoblarda o‘qigan "Ambitsiyasi -istagi yo‘q odamni ko‘tarma" degan gapni ich-ichimdan tushungandim.
Ko‘p o‘tmay u kishini ustozlik vazifasiga yana qaytardik, xotirjamroq yashashni boshladilar.
Shundan keyin insonlarni ko‘tarilishga ambitsiyasi borligini aniqlashni o‘rgandik. Istagi bor kishi:
- boshqa soha vakillari bilan ham doim suhbatlashib yuradi;
- o‘z ishini ham, boshqa soha ishini ham yaxshilashga takliflar aytadi;
- qo‘shimcha vazifalar so‘raydi, bo‘lsa astoydil bajaradi;
- uyga shoshilmaydi, kechroq qolib shunchaki suhbatlar quradi;
- o‘rgatishni yoqtiradi, bu ishini boshqalar yoqtirmasa ham.
Shunaqa gaplar, G‘ayrat. Istamasa foydasi yo‘q.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, o‘zingni qiynama
Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…
G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas
Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…
G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi
Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…