Asosiy mazmunga o‘tish
Xodimni rivojlantirish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi

Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi.

Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni ayblashdan boshlaydi.

Aslida, xodim avval shaxsiyga yozgan yoki yuziga aytgan bo‘ladi.

Javob kechikkan yoki masala hal bo‘lmagan bo‘ladi.

Shuning uchun masala guruhga majbur chiqariladi.

Buni rahbar o‘ziga hujum, hurmatsizlik, deb qabul qiladi.

O‘zi nima qilgan to‘g‘ri? Biz, quyidagicha yo‘l tutamiz:

“Xabar berganingiz uchun rahmat. Vaziyatni aniqlab, siz bilan alohida bog‘lanamiz.”

Keyin, jim borib — muammoni hal qilamiz. Masala yechilgandan keyin, xodimni o‘ziga yozamiz:

“Vaziyat hal bo‘ldi, xabar berganingiz uchun katta rahmat.

Yana masala bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga yozavering.”

Aqlli xodim o‘zi tushunadi.
Keyingi safar to‘g‘ri kanalni tanlaydi.
Eng muhimi — gapirishdan qo‘rqib qolmaydi.

Agar boshida: “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” desang — Keyingi safar yozmay qo‘yaveradi.

Natijada, muammo senga yetib kelmay qoladi. Muammolar yetib kelmasa, o‘sish bo‘lmaydi.

Shuning uchun:

Muammo qayerda aytilgani emas — aytilgani muhim.

Tartibni keyin o‘rgataverasan.

Ishni muammoni aytgan odamni emas, muammoni yo‘q qilishdan boshla.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, o‘zingni qiynama

Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas

Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, yangi xodimingga mutlaq ishonishing kerak

Intervyuda ikkilangan bo‘lsang ham ishga olding. Endi unga to‘liq ishonishing, eplab ketishiga yordam berishing shart. Aksiga, eplolmasligidan qo‘rqib, har…

1 daqiqa