Asosiy mazmunga o‘tish
Xodimni rivojlantirish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, yangi xodimingga mutlaq ishonishing kerak

Intervyuda ikkilangan bo‘lsang ham ishga olding. Endi unga to‘liq ishonishing, eplab ketishiga yordam berishing shart. Aksiga, eplolmasligidan qo‘rqib, har…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Intervyuda ikkilangan bo‘lsang ham ishga olding. Endi unga to‘liq ishonishing, eplab ketishiga yordam berishing shart.

Aksiga, eplolmasligidan qo‘rqib, har xatosida “haq ekanman” deb o‘zingni ovutish bilan kuchli rahbar bo‘lolmaysan.

Chunki u eplolmasa ham ayb senda bo‘ladi: yo yetarlicha o‘rgatmagansan, yo yetarlicha motivatsiya bermagansan. Ikkalasi ham bo‘lmasa, ishga olishda xato qilgansan.

Demak, ishni eplab ketishi yoki ketmasligi senga bog‘liq. Ishonmasang, eplolmaydi. Chunki xato qilib o‘rganishiga imkon bermaysan. Umidsizlikka tushaverasan. Ishiga borgan sari aralashaverasan. Kichik xatosi ham katta ko‘rinib boradi.

30 yillik ta’lim tajribasiga ega ustozlarimizdan biri:

“Ustoz o‘quvchiga 2 qo‘yar ekan, o‘ziga ham 2 qo‘yadi aslida”, — deb aytgandilar.

Boshqaruvda ham shunga yaqin gapni aytish mumkin:

“Xodimni bo‘shatar ekansan, o‘zingning layoqatsizligingni ham isbotlayapsan”.

Xato qilsachi? O‘rgatasan.
Istamasachi? Qiziqtirasan.
Bu qancha davom etadi, deysanmi? O‘rtacha 3 oy — to‘liq ishonch bilan.

Ishonchni oqlamasligi ham mumkinmi? Ha, mumkin. Har safar o‘rgatgan narsangda xato qilsa, ishonching 100% dan kamayib boradi. Buni ham o‘ziga bildirib borasan.

Lekin yangi xato qilsachi? O‘zing o‘rgatmagan masala bo‘lsachi? Urishmaysan — o‘rgatasan.

Shuning uchun rahbar sifatida eng muhim ishlaringdan biri — ishlashga xohish paydo qilish va o‘rgatish.

Ishonching 50% dan pastga tushdimi, afsus endi ketkazishga majbursan va bu uni emas, seni xatoying bo‘ladi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, o‘zingni qiynama

Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas

Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi

Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…

1 daqiqa