G‘ayrat, avval o‘zing ishlab ko‘r
Vazifani o‘zing bajarsang, lavozimdan aslida nima kutish kerakligini aniqroq tushunasan. Toshkentdagi maktabimizda bir yil ichida ikki marta ma’naviyatchini…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriVazifani o‘zing bajarsang, lavozimdan aslida nima kutish kerakligini aniqroq tushunasan.
Toshkentdagi maktabimizda bir yil ichida
ikki marta ma’naviyatchini almashtirdik.
Ikkala xodim ham mehnatkash edi, ularga vazifani tushuntirish va yordamlashishga harakat qildik.
Ammo bir necha oy ishlashgandan keyin
biz izlagan odam emas ekanlar, deb xayrlashdik
.
Shundan keyin
o‘zim aynan shu lavozimda ishlashga qaror qildim
.
Bir oydan beri vazifani qisman bajaryapman va muhim bir haqiqatni tushundim:
Biz shu paytgacha ma’naviyatchidan noto‘g‘ri narsa kutayotgan ekanmiz.
- Dasturchidan nima kutishni dasturchi bo‘lgan loyiha menejeri yaxshiroq biladi.
- O‘qituvchidan nima kutishni o‘qituvchi bo‘lgan direktor yaxshiroq biladi.
- Xodimdan nima kutishni avval xodim bo‘lgan rahbar yaxshiroq biladi.
Umrida to‘p tepmagan odamdan yaxshi trener chiqmas ekan, ukajon.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…