G‘ayrat, fidbek faqat salbiy bo‘lmaydi
Fidbekdan maqsad xodimga turtki berish. Kamchiligini aytish fidbek va buni aksarimiz qilamiz. Yutug‘ini aytish ham fidbek va buni juda kamimiz qilamiz. Maqtov…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriFidbekdan maqsad xodimga turtki berish.
Kamchiligini aytish fidbek va buni aksarimiz qilamiz.
Yutug‘ini aytish ham fidbek va buni juda kamimiz qilamiz.
Maqtov ko‘pchilikka yoqadi, senga ham, menga ham.
50% fidbeking ijobiy bo‘lishi kerak. O‘zimda ham kam, ko‘paytiryapman.
Ko‘rgan yaxshi ishingni maqtayver — bu uning samarasiga ijobiy ta’sir qiladi.
Xavfsizlik va ta’minotga javobgar menejerimiz biz e’tibor qilmaydigan ko‘p jiddiy risklarni, hodisalarni aytib turadilar.
Kecha uydan ishlagan edim, kechga yaqin bog‘lanib ehtimoliy bir xavfni aytib qoldilar, o‘zim e’tibor qilmagan ekanman.
Aytganlarini jiddiy olib, tezda chora ko‘rdik, chora ko‘rmasak haqiqatdan ham muammo bo‘ladigan holat ekan. Rahmat Jasur aka)
Boshqa hamkasbingdan eshitgan bo‘lsang ham, yetkaz — u e’tibor his qiladi.
Ikki oycha avval moliya menejerimiz hisobchilaridan birining ishidan juda hursand ekanliklarini menga aytdilar.
Adashmasam, ertasigayoq moliya bo‘limiga kirganimda, o‘sha xodimga o‘zim ham mamnunligimni qo‘shib, habarni yetkazdim. Ular juda hursand bo‘ldilar.
Mana, hozirgacha samaradorliklari tushgani yo‘q, har ko‘rishganda samimiy tabassum qiladilar.
Yaxshi gapga ilon inidan chiqadi, degan gap bekorga emas, ukajon.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…