Asosiy mazmunga o‘tish
Fidbek berish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, ko‘prikni uzma

Ishdan to‘ygan bo‘lsang ham rahbaringni oldiga kirib "Ertadan chiqmayman, xayr" demagin. Avval boshlagan ishlaringni tugatgin, o‘rningga odam olishlariga imkon…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ishdan to‘ygan bo‘lsang ham rahbaringni oldiga kirib "Ertadan chiqmayman, xayr" demagin.

Avval boshlagan ishlaringni tugatgin, o‘rningga odam olishlariga imkon ber, keyin kelgan xodimni o‘rgatib ket.

Yo‘q, g‘azabingni yutolmasdan, ishlarni chala tashlab ketsang, tarix daftaringga yomon gaplar yozdirasan.

Yangi kirmoqchi ishxonang tajribali bo‘lsa, sen haqingda eski ishingdan surishtirishadi. Maqtashmadi degani, yomonlashdi degani.

Qanday kelganing esdan chiqadi, lekin qanday ketganing unutilmaydi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Fidbek berish

G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor

Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…

1 daqiqa