G‘ayrat, senga ishonaman, lekin nazorat ham qilaman
Kutilmaganda rejangni so‘rashim, ishingni tekshirishim mumkin. Maqsadim, erkinlikda o‘zingni nazorat qilolmay qolishingni oldini olish. Chunki, mutlaq erkinlik…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriKutilmaganda rejangni so‘rashim, ishingni tekshirishim mumkin.
Maqsadim, erkinlikda o‘zingni nazorat qilolmay qolishingni oldini olish.
Chunki, mutlaq erkinlik seni ham, meni ham buzadi, xuddi suvni ko‘pi ekinni o‘ldirgani kabi.
Boshqa tomondan, nazorat senga e’tibor qilishimni va seni yolg‘iz tashlab qo‘ymaganimni bildiradi.
Bu degani ustingda 24/7 turaman, degani emas, xotirjam bo‘l.
O‘tgan oy maktablarimiz menejerlariga “haftalik hisobot” tizimini joriy qildik.
Hisobotda hafta davomida qilgan ishlari, duch kelgan muammolari va kelasi hafta uchun rejalarini yozishyapti.
O‘zim ham CEO‘ga yuborishga yozyapman. Har bir bajargan ishimni yozish o‘zimdan qoniqish hissi beryapti.
Menejerlarimiz hisobotlarini o‘qib, o‘ylaganimdan ko‘ra ko‘proq ishlar qilishayotganini bilyapman.
Andi Gruv aytgandi, xodimni nazorat qilmaslik undan voz kechish bilan teng deb
G‘ayrat, men sendan voz kechmadim, kechmayman ham

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…