G‘ayrat, hammasini oldindan bilolmaysan
Ishga olganingda lavozimga 8 ta majburiyat belgilagan eding. Oradan vaqt o‘tadi, bozor o‘zgaradi, tajriba ortadi, natijada talablaring ham o‘zgaradi. Endi yana…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriIshga olganingda lavozimga 8 ta majburiyat belgilagan eding.
Oradan vaqt o‘tadi, bozor o‘zgaradi, tajriba ortadi, natijada talablaring ham o‘zgaradi.
Endi yana 2 ta vazifa qo‘shmoqchisan, lekin ular ishga olish paytida kelishilmagan edi.
Qo‘shishing kerak bo‘lsa, bemalol qo‘sh. Faqat:
Asosli bo‘lsin – yangi vazifalar aynan lavozim bilan bog‘liq bo‘lsin va ishni yaxshilasin.
Ziyon yetkazma – ish vaqti yoki maoshni buzib qo‘yma. Oylik oshirish ixtiyoring.
Xodim bilan gaplash – tushuntir, kelish, kerak bo‘lsa, yo‘riqnomani qayta yoz.
Maktablarimizda
15 ga yaqin tarbiyachi
ishlaydi. Ularning yo‘riqnomalarini yangilab,
yangi versiyasini tayyorladik
.
Ikki kun avval
kuratorlarga berdik
,
3 kun ichida o‘qib chiqishlarini
, so‘ng birga muhokama qilishimizni aytdik.
Muhokamada kerakli tuzatishlarni kiritamiz va keyin ishga tushiramiz.
Lavozim talablarini o‘zgartirish tabiiy hol. Muhimi, buni shaffof va adolatli qilishing. Shundagina o‘zgarishlar foydali bo‘ladi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa
Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…
G‘ayrat, qarindoshni ishga olishga jiddiy e’tibor qil
Avvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi. Loyiq deb o‘ylayapsanmi?…
G‘ayrat, agar nomzodning oldingi ishxonasi uni ochiqchasiga maqtamasa — ishga olishga shoshilma
“Yaxshi bola edi”, “bo‘ladi”, “yomon emas” degan gaplar — odob bilan aytilgan “biz undan qoniqmadik” degani. Agar xodim haqiqatan ham kuchli bo‘lganida: — aniq…