G‘ayrat, qarindoshni ishga olishga jiddiy e’tibor qil
Avvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi. Loyiq deb o‘ylayapsanmi?…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriAvvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi.
Loyiq deb o‘ylayapsanmi? Unda o‘zingdan tashqari yana kimdir intervyu qilsin. Sen qarindosh sifatida ko‘rmaydigan jihatlarni u ko‘rishi mumkin.
Suhbat qiladigan odamga oldindan tayinla: qarindoshing qiladigan xato senga ikki karra zarar bo‘lishini, obro‘yingni tushirishini aytsin.
Suhbatdan ham yaxshi o‘tsa, endi o‘zing gaplashib ol. Sen kompaniyada uning rahbarisan, u esa sening xodiming. Akangmi, tog‘angmi — farqi yo‘q. Xodimga qanday munosabat bo‘lsa, u ham shunga tayyor bo‘lsin.
Ish boshladimi? Oddiy xodimlardan ko‘ra unga biroz ko‘proq talabchan bo‘l. Shunda “qarindoshchilik” sabab aynib ketishi qiyinroq bo‘ladi.
Bir kun kelib baribir bo‘shatishga to‘g‘ri kelishi ham mumkin. Ota-ona, qarindoshlar aralashadi. Hafa bo‘lishadi. Lekin rahbar sifatida ba’zan shunga majbursan.
Qarindosh — ishonchli odam bo‘lishi mumkin. Ammo o‘rgana olmasa, ishonchning o‘zi yetmaydi. Senga ham ishonchli, ham o‘rganadigan odamlar kerak.
Faqat ta’minot yoki moliya kabi nozik joylarda yaqin odam bo‘lgani yaxshiroq. Lekin ularga ham talab boshqalarnikidan kam bo‘lmasin.
Xullas, ko‘ngil olaman, deb ishxonangga ham, o‘zinga ham zulm qilib qo‘ymagin, deyman.
Shaxsiy tajriba, sinalgan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa
Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…
G‘ayrat, agar nomzodning oldingi ishxonasi uni ochiqchasiga maqtamasa — ishga olishga shoshilma
“Yaxshi bola edi”, “bo‘ladi”, “yomon emas” degan gaplar — odob bilan aytilgan “biz undan qoniqmadik” degani. Agar xodim haqiqatan ham kuchli bo‘lganida: — aniq…
G‘ayrat, haddan tashqari o‘ziga ishonadigan nomzoddan ehtiyot bo‘l
Intervyuda dadil gapiradigan, katta va’dalar beradigan, o‘tmishdagi “yutuqlari”ni ko‘p sanab beradiganlar bo‘ladi. Aslida, muammo ishonchda emas. Muammo —…