G‘ayrat, haddan tashqari o‘ziga ishonadigan nomzoddan ehtiyot bo‘l
Intervyuda dadil gapiradigan, katta va’dalar beradigan, o‘tmishdagi “yutuqlari”ni ko‘p sanab beradiganlar bo‘ladi. Aslida, muammo ishonchda emas. Muammo —…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriIntervyuda dadil gapiradigan, katta va’dalar beradigan, o‘tmishdagi “yutuqlari”ni ko‘p sanab beradiganlar bo‘ladi.
Aslida, muammo ishonchda emas. Muammo — yetuklikda va bu yetuklik ko‘pincha da’vo qilganda bo‘lmaydi.
Haqiqiy mutaxassis natija faqat o‘ziga bog‘liq emasligini biladi. Bozor, byudjet, jamoa va mahsulot borligini hisobga oladi. Shuning uchun u shoshilmaydi, aniqlashtiradi, savol beradi.
Tajriba yetishmaydiganlar esa bir-ikki omadli holatni o‘z mahorati deb qabul qiladi. Natijada hamma ishni “bemalol” qilib beradigandek gapiradi.
Shuni yodda tut:
• Chala mutaxassis ko‘p va’da beradi.
• Yetuk mutaxassis ko‘p savol beradi.
Masalan, sen:
“Savdoni oyiga 200 tadan 400 taga oshirish kerak”, desang
• Chala mutaxassis: “Qilamiz, muammo yo‘q.” deb katta ketadi.
• Yetuk mutaxassis: “Byudjet qancha? Muddat nechchi oy? Jamoa tarkibi qanday? Mahsulot bunga tayyormi?” deb seni savolga tutadi.
Shunday ekan, nomzodni gapiga yoki ishonchiga qarab emas — berayotgan savollariga qarab bahola.
Tabiiy, o‘tmishdagi natijalari va tajribasi o‘ta muhim, faqat uni tekshirish muhim, yuqoridagi kabi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa
Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…
G‘ayrat, qarindoshni ishga olishga jiddiy e’tibor qil
Avvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi. Loyiq deb o‘ylayapsanmi?…
G‘ayrat, agar nomzodning oldingi ishxonasi uni ochiqchasiga maqtamasa — ishga olishga shoshilma
“Yaxshi bola edi”, “bo‘ladi”, “yomon emas” degan gaplar — odob bilan aytilgan “biz undan qoniqmadik” degani. Agar xodim haqiqatan ham kuchli bo‘lganida: — aniq…