G‘ayrat, muammoni aytishing bilan hamma narsa o‘zgarib ketmaydi.
Rahbaring seni eshitib, “Ha, to‘g‘ri aytasan!” deb katta o‘zgarish va’da berishi mumkin, lekin hech narsa darrov o‘zgarmaydi. Hatto umuman o‘zgarmasligi ham…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriRahbaring seni eshitib, “Ha, to‘g‘ri aytasan!” deb katta o‘zgarish va’da berishi mumkin, lekin hech narsa darrov o‘zgarmaydi. Hatto umuman o‘zgarmasligi ham mumkin.
Bir ukamiz, ishga kirganiga
uch oy ham bo‘lmagan
, lekin allaqachon kompaniyadan chiqmoqchi ekanini aytdi.
Gapini bo‘lmay eshitdim, savollar berdim.
Bilsam, intervyuda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatgan rahbari aslida boshqacha odam bo‘lib chiqibdi.
Ishdan chiqmaslikni maslahat berdim.
Vaqt o‘tishi bilan rahbari bilan chiqishib ketishini tushuntirdim.
Bir haftacha avval yana ko‘rishdik.
Ishdan chiqmabdi.
1,5 yil ichida
katta tajriba orttirganini
, hatto
biznesni qariyb 4 baravar kengaytirishga hissa qo‘shganini
xursand bo‘lib aytib berdi.
Shuning uchun, qiyinchilik ko‘rsang, darrov qochishga o‘rganma.
Rezyumeng chiroyli bo‘lmaydi. O‘zing faxrlanadigan natija yarata olmaysan.
Yaxshi narsalar vaqt talab qiladi. Katta ishlar ko‘p vaqt oladi.
Agar loyihadan loyihaga, ishxonadan ishxonaga sakrab yursang, eng muhim tajribadan quruq qolasan:
boshlagan ishingni tugatish tajribasidan!

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa
Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…
G‘ayrat, qarindoshni ishga olishga jiddiy e’tibor qil
Avvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi. Loyiq deb o‘ylayapsanmi?…
G‘ayrat, agar nomzodning oldingi ishxonasi uni ochiqchasiga maqtamasa — ishga olishga shoshilma
“Yaxshi bola edi”, “bo‘ladi”, “yomon emas” degan gaplar — odob bilan aytilgan “biz undan qoniqmadik” degani. Agar xodim haqiqatan ham kuchli bo‘lganida: — aniq…