G‘ayrat, tajribang oshgani sari tushunasan
Jamoadagi har bir odamning o‘ziga yarasha kamchiligi bor – sendayam bor, menda ham bor. Kamchiliklarni tag-tomiri bilan yo‘q qilaman deb, bekorga o‘zingni…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriJamoadagi har bir odamning o‘ziga yarasha kamchiligi bor – sendayam bor, menda ham bor.
Kamchiliklarni tag-tomiri bilan yo‘q qilaman deb, bekorga o‘zingni qiynama – baribir butunlay yo‘qota olmaysan.
Kamchiligi bor odamlarni ishdan bo‘shatib, “ideal odam” qidirib ham ovora bo‘lma – baribir topolmaysan.
Undan ko‘ra, kimning qaysi tomoni kuchli bo‘lsa, shuni maksimal ishlatishni o‘yla – shunda hamma yutadi.
Lekin bu degani har qanday kamchilikka ko‘z yumasan degani emas. O‘z prinsiplaring bor, qizil chiziqlaring bor – ular bilan murosa qilma.
Yaqinda jamoamizga yangi qo‘shilgan menejerlardan biri juda qattiqqo‘l va qo‘polroq chiqdi. Lekin bu odam o‘z sohasida haqiqiy mutaxassis – bizga ko‘p narsani o‘rgatyapti.
Uni darrov “ketkazaylik” degan gaplar bo‘lganda, aksincha, uni olib qolib, zararini kamaytirish ustida bosh qotirdik.
Ochig‘ini aytib, ochiqchasiga fidbek berdik, chegaralarimizni aniq tushuntirib qo‘ydik.
To‘g‘ri, odamning fe’l-atvori birdan o‘zgarib qolmaydi – bu tabiiy. Lekin jamoaga yetadigan zarar keskin kamaydi.
Endi esa shu odamning tajribasidan foydalangan holda ko‘plab masalalarni tezroq va sifatliroq hal qilyapmiz.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…