Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, murosaga urinma

Masala yetarlicha muhokama qilindimi, cho‘zmasdan qaror qil. Muhokama tugaganini bilish oson: yangi argumentlar chiqmay qoladi. Hamma ham sening qaroringga…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Masala yetarlicha muhokama qilindimi, cho‘zmasdan qaror qil.

Muhokama tugaganini bilish oson: yangi argumentlar chiqmay qoladi.

Hamma ham sening qaroringga qo‘shilmasligi mumkin – bu tabiiy holat.

Lekin ikkita shart bajarilsa, muammo bo‘lmaydi:
1. Hamma fikrni eshitdingmi?
2. Qaroringni aniq tushuntirdingmi?

Shunda hurmating ham saqlanadi, ijro ham to‘xtab qolmaydi.

Bizning majlislarda ham aynan shunday bo‘ladi:
• Ishtirokchilarga teng va erkin gapirish imkoni beramiz.
• Hech kimning so‘zini bo‘lmaymiz, boshqalarga ham bo‘ldirtirmaymiz.
• Yangi argumentlar tugashi bilan darhol qaror qilamiz.
• Qaror sabablarini qisqa va aniq tushuntiramiz.
• Yakunda esa ishtirokchilardan qarorni o‘z jamoalariga yetkazishini kutamiz.

Muhokama – fikrlar uchun. Qaror – harakat uchun. Qarorni sen berasan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Majlis va qaror

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

1 daqiqa