Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, faqat natija qilishing yetmaydi

Sen menejersan — jamoang kayfiyati va o‘sishi ham sening mas’uliyatingda. Oylik vazifani ortig‘i bilan bajarganing bilan, jamoang ishdan bezib qolsa, bu yaxshi…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Sen menejersan — jamoang kayfiyati va o‘sishi ham sening mas’uliyatingda.

Oylik vazifani ortig‘i bilan bajarganing bilan, jamoang ishdan bezib qolsa, bu yaxshi emas.

Yoki aksincha, ish va muhit hammaga yoqyapti-yu, natija o‘rtacha bo‘lsa, bu ham yaxshi emas.

Ham erishgan natijang, ham jamoaning kayfiyati va rivojlanishi bilan baholanasan.

Taxminan ikki yil avval jamoamizdan ketgan menejerlardan biri vazifalarni juda qattiqqo‘llik bilan bajartirardi.

Fidbeklarni berib yordamga harakat qilardik, ammo foydasi bo‘lmadi. Uzoqqa bormay, o‘zi ham ketishini anglab qoldik. Uch oy ham ishlamay to‘satdan jamoani o‘zi tark etdi.

Ketayotganida qo‘l ostidagilarning hammasini olib ketmoqchi bo‘ldi, ammo faqat o‘zi olib kelgan do‘sti unga ergashdi, xolos.

Sababi oddiy — boshqalar uni hurmat qilmagandi, shunchaki lavozimidan cho‘chishardi. Keyinroq qo‘l ostida ishlagan xodimlardan ba’zilari yomon xotiralarini aytib berishgandi ham.

Muvozanatni saqla, kam bo‘lmaysan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

1 daqiqa