Asosiy mazmunga o‘tish
Ishga olish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xodim tanlash — qimorga o‘xshaydi

Rezyume — zo‘r. Gaplari — chiroyli. Ammo ishlab ko‘rmaguningcha aslida kimligini bilolmaysan. Eng tajribali rahbarlarning ham har 10 ta tanlovidan yarmi…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Rezyume — zo‘r. Gaplari — chiroyli.

Ammo ishlab ko‘rmaguningcha aslida kimligini bilolmaysan.

Eng tajribali rahbarlarning ham har 10 ta tanlovidan yarmi noto‘g‘ri chiqadi.

Intervyuda omadingni oshiradigan tavsiyalar bor, xolos.

Tashqaridan olingan rahbarlarning 50% dan ortig‘i 18 oyga bormasdan ishdan bo‘shaydi.

Shuning uchun rahbar tayinlayotgan bo‘lsang — ichkaridan tanlaganing yaxshiroq. Netflix tajribasi.

Chunki, odamni bilasan. Ish uslubini, kuchli va zaif tomonlarini ko‘rgansan.

U ham seni, jamoani va tizimni biladi. Noldan o‘rgatib o‘tirmaysan.

Kamchiligi bormi? Hammada bor.

Sen nomzodning lavozimni bajarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalariga qara.

Qolganini o‘rgatib olasan yoki ziyonini kamaytirasan, o‘zaro kelishib.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishga olish

G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa

Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…

2 daqiqa