Asosiy mazmunga o‘tish
Biznes va mijoz1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, mijozning xatosini qidirma. Bu senga ham, kompaniyaga ham hech qanday foyda bermaydi.

Aksincha, hatto haqsizdek tuyulgan shikoyatlar orasidan ham o‘sish uchun imkoniyat qidirishing kerak. Yaqinda bir mijozimizni maktabga chaqirib, mas’ullar bilan…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Aksincha, hatto haqsizdek tuyulgan shikoyatlar orasidan ham o‘sish uchun imkoniyat qidirishing kerak.

Yaqinda bir mijozimizni maktabga chaqirib, mas’ullar bilan birga shikoyatlarini muhokama qildik.

Ochig‘i, u kishining asosli e’tirozlaridan tashqari, yaxshilanishimiz uchun 6 ta kamchilik topdik.

Ha, mijozda ham kamchiliklar bor edi — buni o‘zlari ham, biz ham ichimizdan sezib turdik. Lekin gapni o‘sha tomonga burmadik, burdirmadik.

Buning o‘rniga, u kishining farzandi misolida boshqa o‘quvchilarimizga yanada yaxshiroq sharoit yaratish va sifatli ta’lim berish haqida gaplashdik, vazifalar chiqardik.

O‘sha suhbatda qilgan yaxshi ishlarimiz yoki yutuqlarimiz haqida ham og‘iz ochmadik. Chunki norozi mijozga bu haqida gapirishdan foyda yo‘q edi.

Unutma, sen mijozga ko‘pi bilan maslahat bera olasan, ammo kompaniya ichida esa haqiqiy o‘zgarish qilishing mumkin.

O‘zgartiroladigan muammolaring haqida bosh qotir, shu orqali o‘sasan, kompaniyani ham o‘stirasan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Biznes va mijoz

G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan

Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…

2 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas

Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…

3 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma

Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…

3 daqiqa