G‘ayrat, majlis kerakmi, deb so‘rabsan
Hamma majlisga kirishing shart emas. Ba’zi majlislar umuman bo‘lmasligi ham kerak. To‘planishni o‘zini “ish” deb o‘ylaydiganlar bor. Kun bo‘yi muhokama…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriHamma majlisga kirishing shart emas.
Ba’zi majlislar umuman bo‘lmasligi ham kerak.
To‘planishni o‘zini “ish” deb o‘ylaydiganlar bor.
Kun bo‘yi muhokama qilishadi, g‘oya chiqarishadi – ammo hech narsa bajarilmaydi.
Qachon yig‘ilish kerak?
Nima qilishni bilmay qolganingda, tamom.
Vazifa aniq, resurs bor, dedlayn kelishilganmi? Unda ishni qil — gap sotmasdan.
Jamoani ruhlantirish, muhim xabar yetkazish, yoki birdamlik masalalarida to‘planaverasan, albatta.
Lekin har mayda narsa uchun majlis qilib, vaqt sarflash– bu xato.
Aksar masalalar telefonda yoki tgda ham hal bo‘ladi, sinab ko‘r.
Avval aytganimdek, majlisdan yo vazifa yoki qaror chiqsin — seni harakatga boshlasin.
Majlising bunday emasmi? Kirmasdan ishingni qilganing yaxshi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir
Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…
G‘ayrat, yaxshi yechim kerak bo‘lsa — eng oxirida gapir.
Muammo yechish uchun xodimlarni to‘pladingmi yoki masalani guruhga tashladingmi — rahbar sifatida avval o‘zing gapirma. Boshqalarni birma-bir eshit. Chunki sen…
G‘ayrat, majlis ham o‘z-o‘zidan zo‘r bo‘lmaydi. Uni boshqarish kerak
Rahbari yo‘q yoki boshqarilmagan majlisni esla. Odatda manzara bir xil: • gap ko‘p, natija yo‘q • bir-ikki odam gapiradi, qolganlar jim • mavzu tez-tez…