G‘ayrat, vazifa vaqtida bitishi uchun eslatishing kerak
Topshirding — qutilding degani emas. Bajaruvchining boshqa ishlari ham bor, seniki esdan chiqishi mumkin. Sen eslatib yordam ber. Yangi xodimlarga tez-tez…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriTopshirding — qutilding degani emas. Bajaruvchining boshqa ishlari ham bor, seniki esdan chiqishi mumkin.
Sen eslatib yordam ber. Yangi xodimlarga tez-tez eslatasan, eski — dinamikasini ko‘rgan, ishongan xodimlaringa esa dedlaynga yaqin qolganda bildirsang yetadi.
Sendan boshqalarga ham aloqador bo‘lgan ishlar holatini mas’ullar bor guruhda so‘rayver — qolganlar ham bilolsin.
Natijasi faqat o‘zingga aloqador vazifa bergan bo‘lsang uni shaxsiyda so‘ragin — boshqalarni chalg‘itmaysan, bajaruvchini hijolat ham qilmaysan.
Shu orqali ularni samaraliroq ishlashlariga yordam berasan — kamroq kutilmagan “sovg‘alar” olasan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…