G‘ayrat, senga yoqqan doim ham senga mos keladimi?
Nomzod senga yoqqani, eski ishxonasi uni maqtagani bilan ishga olish qarorini birdaniga chiqarma. Uning oldingi ish joyidagi talab, majburiyat va resurslar…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriNomzod senga yoqqani, eski ishxonasi uni maqtagani bilan ishga olish qarorini birdaniga chiqarma.
Uning oldingi ish joyidagi talab, majburiyat va resurslar sennikidan ancha farq qilgan bo‘lishi mumkin.
Shoshsang, kutuvingni ikki sababdan oqlamasligi mumkin:
1. Resurs yetishmaydi.
Eski ishxonada unga ko‘proq pul, kuchli jamoa va keng vakolatlar berilgan bo‘lgan. Sendagi cheklovlar uni bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin.
2. Salohiyati yetmaydi.
Avvalgi joyda undan kamroq narsa talab qilingan, sen esa ko‘proq kutyapsan. O‘rganib olishi uchun unga vaqt kerak bo‘ladi, lekin senda vaqt yo‘q.
Nima qilish kerak?
Nomzodning eski ishxonasi sening kompaniyang darajasiga yaqinmi — shuni aniqlab ol.
Juda ortda bo‘lsa ham, juda oldinda bo‘lsa ham mos kelmasligi mumkin.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa
Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…
G‘ayrat, qarindoshni ishga olishga jiddiy e’tibor qil
Avvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi. Loyiq deb o‘ylayapsanmi?…
G‘ayrat, agar nomzodning oldingi ishxonasi uni ochiqchasiga maqtamasa — ishga olishga shoshilma
“Yaxshi bola edi”, “bo‘ladi”, “yomon emas” degan gaplar — odob bilan aytilgan “biz undan qoniqmadik” degani. Agar xodim haqiqatan ham kuchli bo‘lganida: — aniq…