Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, rahbarligingni isbotla

Rahbar — bu filter: kompaniyadagi holat, vazifalar va fidbeklarni jamoasining holatiga moslab o‘tkazadigan odam. Agar sendan yuqoridagi yoki tengdosh rahbarlar…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Rahbar — bu filter:
kompaniyadagi holat, vazifalar va fidbeklarni jamoasining holatiga moslab o‘tkazadigan odam.

Agar sendan yuqoridagi yoki tengdosh rahbarlar sening xodimlaringga to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifa yoki fidbek berayotgan bo‘lsa — o‘z vazifangni bajarmayapsan.

Natijada:
• Xodimingning ish yuklamasini nazorat qilolmaysan — u dedlaynlardan o‘tib ketishni boshlaydi.

• Kayfiyat va motivatsiyasini ushlab turolmaysan — sen kulib turgan paytda, u boshqasining bosimidan ezilayotgan bo‘lishi mumkin.

• Uni ikkilanishga qo‘yasan — seni eshitishi kerakmi, boshqasini mi?

• Bir kamchiligini ikki kishidan eshitib, ortiqcha stress yig‘adi.

Bunday holat yuz bersa:

• Rahbaring yoki hamkasbing bilan ochiq gaplash.

• Bunday bevosita aralashish samaradorlikni pasaytirishini va xodimlar uchun ortiqcha stress tug‘dirishini tushuntir.

Agar tushunsa — zo‘r.
Vaqt o‘tib ham tushunmasa — senga oq yo‘l tilayman.


Ikki rahbarga hisobdorlik tizimi bor, albatta — unda majburiyatlar rahbarlar tomonidan bo‘lishib olinadi, faqat shu chegarada xodim bilan ishlashadi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

1 daqiqa