Asosiy mazmunga o‘tish
Xodimni rivojlantirish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, birovni yomonlash bilan hech qachon obro‘ topmaysan

«Ali ishni bajarmadi, men unga aytgandim» degan gaplardan senga hech qanday naf yo‘q. Agar ish bajarilmagan bo‘lsa, bu avvalo sening xatoying. Balki vazifani…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

«Ali ishni bajarmadi, men unga aytgandim» degan gaplardan senga hech qanday naf yo‘q.

Agar ish bajarilmagan bo‘lsa, bu avvalo sening xatoying.

Balki vazifani aniq tushuntirmagandirsan,

balki dedlayn noto‘g‘ri belgilangandir yoki vaqtida eslatishni unutgandirsan.

Balki zarur paytda yordam bermagandirsan.

Xullas, muammo chiqqanda birinchi navbatda muammoni yech, keyin esa o‘z kamchiligingni qidirib, uni hal qil.

Shundan keyingina boshqa birovning aybini o‘zi bilan, yolg‘iz, o‘rgatish maqsadida muhokama qilsa bo‘ladi.

Shundagina o‘sasan, o‘stirasan va jamoadoshlaring hurmatini qozonasan. Aks holda, boshqalarning xatosini qidiraverib, ularning nafratiga uchraysan.

Odamlar seni yoqtirmasa, senga ishonmay qo‘yadi. Ishonch bo‘lmasa, ishlagisi kelmaydi.

Ishlagisi kelmagan odamdan katta natija chiqmaydi.

Va bu rahbar sifatida yana seni xatoying bo‘ladi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, o‘zingni qiynama

Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas

Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi

Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…

1 daqiqa