G‘ayrat, ikkilansang — boshqaruv maqsadlariga qara.
Ba’zida nima qilish to‘g‘ri — bilmay qolasan. Tajriba ham, kitob ham yordam bermaydi. Shunday paytda quyidagi uchta maqsadni esla: 1. Zo‘r jamoa qur —…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBa’zida nima qilish to‘g‘ri — bilmay qolasan. Tajriba ham, kitob ham yordam bermaydi.
Shunday paytda quyidagi uchta maqsadni esla:
1. Zo‘r jamoa qur — bir-birini tushunadigan, qo‘llaydigan.
2. Xodim o‘sishi kerak — ham odam sifatida, ham mutaxassis sifatida.
3. Tizim baribir muhim — har doim ishni soddalashtir, tezlashtir, optimallashtir.
Har qanday ish shu uchta maqsaddan eng kamida biriga xizmat qilishi kerak.
Qilayotgan ishing ularga to‘g‘ri kelmasa — qilma. Tushsa — bemalol qilaver.
Masalan:
• Jamoani buzayotgan odamni chetlatish — (1)
• Xodim bilan yurakdan gaplashish — (1, 2)
• Har doim og‘zaki aytiladigan ishni yozib qo‘yish — (3)
Shu prinsipga amal qilsang, har kuni biroz yaxshiroq rahbar bo‘lib borasan. Xatolaring ham kamayadi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, o‘zingni qiynama
Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…
G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas
Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…
G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi
Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…