G‘ayrat, sen qilmasang hech kim qilmaydi
Vazifa boshqarish dasturlari ko‘p, ammo sen baribir og‘zaki nazorat qilaverasan. Chunki jamoang dasturlarni boshida ishlatib ko‘radi-da, keyin yana tashlab…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriVazifa boshqarish dasturlari ko‘p, ammo sen baribir og‘zaki nazorat qilaverasan.
Chunki jamoang dasturlarni boshida ishlatib ko‘radi-da, keyin yana tashlab qo‘yadi.
Sen esa muammoni dasturdan deb bilib, yangi va yaxshirog‘ini qidiraverasan.
O‘zim ham sal kam to‘rt yil shu yo‘l bilan boshqardim — foydasi bo‘lmadi.
Oxirgi bir yil ichida tushundim: jamoa vazifalarni yozib borsin desam, avvalo o‘zim muntazam yozishim kerak ekan.
Dastlabki uch oy faqat o‘zim yozdim. Qolganlarga bergan vazifalarimni ham dasturga o‘zim kiritdim.
Vaqt bilan ular ham vazifalarni yozishning foydasini ko‘rdi. Bugun vazifa boshqarish dasturini uchta bo‘limimiz mustaqil ishlatyapti
Xulosa oddiy:
Kech qolmasin desang, o‘zing kech qolma.
Kitob o‘qishini istasang, o‘zing kitob o‘qi.
Yolg‘on gapirishmasin desang, avvalo sen doim rost gapir.
Va hokazo.
Bu aynan farzand tarbiyasiga o‘xshaydi: o‘zing amal qilmasang bolangga ta’sir qilmaydi.
Hozirda vazifalarni boshqarishga @UTasksBot ishlatamiz.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…