G‘ayrat, yozmasang, ‘uchasan’
Vazifalar berasan, vazifalar olasan – ish ko‘p. Xatoying shuki, hech narsani yozmaysan; hammasini miyangda saqlaysan. Yangi vazifalar qo‘shilaveradi, eskilari…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriVazifalar berasan, vazifalar olasan – ish ko‘p.
Xatoying shuki, hech narsani yozmaysan; hammasini miyangda saqlaysan. Yangi vazifalar qo‘shilaveradi, eskilari esa xotira daftarining orqa sahifalarida qolib ketadi.
"Qarab qo‘yaman" deysan, lekin miyang band bo‘lgani uchun eslay olmaysan. Ishlar borligini bilasan, lekin aynan qaysilari qolganini eslolmay stressga tushasan.
Stressda esa yanada ko‘proq unutasan va kamroq ishni bajarasan.
Ana endi ishdan bezish boshlanadi. Kichik gapni ham ko‘tarolmaysan. Baqirasan, hech bo‘lmaganda ichingda.
Demak, yoz! Vazifalaringni yoz. Xulosalaringni yoz. E’tirozlarni yoz – har kuni yoki haftada qayta o‘qiy olishing kerak.
Yozmasang, unutasan. Unutsang, bajara olmaysan. Bajara olmasang, obro‘ying tushadi. Obro‘siz rahbarga esa hech kim ergashmaydi.
Va obro‘siz rahbar joyida ko‘p qolmaydi – uchirilasan. Qanotlaring yordam bermaydi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…