G‘ayrat, sokinlik yuqadi
Oldinga o‘pka bilan kiradigan jamoadoshlar ham, mijozlar ham topiladi. Shunda ularni avval bir joyga o‘tkazgin, keyin esa gapini bo‘lmasdan biroz eshit.…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriOldinga o‘pka bilan kiradigan jamoadoshlar ham, mijozlar ham topiladi.
Shunda ularni avval bir joyga o‘tkazgin, keyin esa gapini bo‘lmasdan biroz eshit.
Ichidagini bir qator to‘kib, sendan javob kutishni boshlaganda qo‘liga suv tutqaz — olovni o‘chirgandek, g‘azabni ham bosadi.
Ichsa ichmasa, e’tiboringni sezadi va biroz hovuri tushadi. Endi, e’tirozni yaxshiroq tushunish uchun savol bersang bo‘ladi.
Odatda, hech kim sendan o‘sha zaxoti aniq yechim berishingni kutmaydi — vaziyatga munosabatingni bilmoqchi bo‘ladi.
Befarq tutsang — battar achchiqlanadi, ammo diqqat bilan tinglab, ortiqcha reaksiya bildirmasang — sokinliging unga ham yuqadi.
Sokin odamdan to‘g‘ri ma’lumot ololasan, haqiqiy, dildan suhbat qurolasan.
Demak, birinchi maqsading e’tiroz bildiruvchini suhbatga tayyorlash bo‘lsin.
Sendan avval kutiladigani shu.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…