Asosiy mazmunga o‘tish
Biznes va mijoz1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, mijozni qurbon qilma

Restorandamiz. Bizga qaragan ofitsiant kelavermadi, boshqasi oldimizdan o‘tganda unga buyurtma bermoqchi bo‘ldik, sherigini chaqirib yuborishi aytib ketdi.…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Restorandamiz. Bizga qaragan ofitsiant kelavermadi, boshqasi oldimizdan o‘tganda unga buyurtma bermoqchi bo‘ldik, sherigini chaqirib yuborishi aytib ketdi.

Sherigi esa yana 10 daqiqadan keyin qayta chaqirganimizda keldi — natijada qo‘shimcha buyurtma qilmadik, brendga ishonchsizligimiz oshdi, kelasi safar mehmon olib kirishga o‘ylanib qoldim.

Operator emassan, mijoz telefoniga javob berishing kerak bo‘lishi mumkin;

Admin emassan, mijozni kutib olishing kerak bo‘lib qoladi;

Qo‘riqchi emassan, eshikni ochib yopishingga to‘g‘ri keladi;

Xullas, mijoz senga nima masalada chiqsa chiqsin, mas’ul sensan:

1. Eng kamida haqiqiy mas’ulni vaziyatga tezda jalb qilgin, keyin boshqa ishingga qayt;

2. Agar mas’ulni kimligini bilmasang, masalani oxirigacha o‘zing hal qilgin, sizlardagi tizimsizlikka mijoz qurbon bo‘lmasin.

Shundan keyingina bu kabi holatlar takrorlanganda kim, nima qilishini aniqlashtirib olsang bo‘ladi.

Ungacha muammoni yechgin, mijozni qurbon qilmasdan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Biznes va mijoz

G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan

Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…

2 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas

Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…

3 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma

Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…

3 daqiqa