Asosiy mazmunga o‘tish
Fidbek berish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, fidbek faqat o‘zingga tegishli bo‘lsagina yetkaz

Jamoadoshlaring boshqa kishilarning kamchiligini senga aytib kelishadi. Avvalo, ularga: “kamchilikni o‘ziga ayting” de. Shu bilan ularning munosabatini…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Jamoadoshlaring boshqa kishilarning kamchiligini senga aytib kelishadi.

Avvalo, ularga: “kamchilikni o‘ziga ayting” de. Shu bilan ularning munosabatini buzmaysan.

Endi biror sabab bilan, majbur eshitib qo‘ydingmi, shoshilib yetkazishga urinma:

• Fidbek o‘zingga tegishli bo‘lmasa, ta’sir qilmaydi va asoslay ham olmaysan.

• Odamlarni bir-birini yomonlashiga yo‘l ochasan. Oxirida seni ham yomonlashadi.

• Hurmatingni tushirasan. Sodda, ikkinchi tomonni eshitmay xulosa qiladigan inson sifatida.

Xo‘sh, nima qilish kerak?

Avvalo o‘ziga aytmagan bo‘lsa eshitma. Eshitdingmi, endi shaxsan o‘zing kuzat.

Kamchilikni bir necha marta aniq ko‘rganingdan keyingina, stressi kamroq deb bilgan vaqtingda ayt.

Ayniqsa axloqqa tegishli fidbeklarni hech qachon bir-ikki kuzatuv bilan, asoslamasdan yetkazma.

Masalan, jamoasiga qattiq gapirib yuborganiga ehtimol o‘sha kuni farzandi kasalligi sabab bo‘lgandir. Doimiy odati emas.

Shunday qilsang, ish muhitini sog‘lom saqlaysan, odamlar mazza qilib ishlaydigan korxona qurolasan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Fidbek berish

G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor

Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…

1 daqiqa